So’nggi yangiliklar

07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  0 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  8 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1

Ravshan Haydarov O'zbekiston U-23 termasiga nomzodlarni ko'rib chiqdi Yangiliklar

Ravshan Haydarov O'zbekiston U-23 termasiga nomzodlarni ko'rib chiqdi

O'zbekiston U-23 terma jamoasi 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bo'lajak musobaqaga sifatli tayyorlanish maqsadida 16–17 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulotlar yig'ini tashkil etildi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi murabbiylar kegashi tavsiyasiga ko'ra, o'quv-mashg'ulotlar yig'iniga Oliy liganing 7 klubidan 23 nafar futbolchi jalb qilindi. O'zbekiston U-23 termasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ikki kun davomida jamoaga nomzod futbolchilar imkoniyati bilan tanishib chiqdi.

Yig'in davomida biz ikkita jismoniy va ikkita nazariy mashg'ulotlar o'tkazdik. SHuningdek, bitta nazorat o'yini ham tashkil qildik. Bundan tashqari, nazorat-ilmiy guruh mutaxassislari tomonidan futbolchilarning funkcional tayyorgarligi tekshirildi, – dedi Ravshan Haydarov O'FF matbuot xizmatiga.  Jismoniy mashg'ulotlar va nazorat o'yini vaqtida qator futbolchilar o'zini yaxshi tomondan ko'rsatib, kelajakda O'zbekiston U-23 termasiga nomzod bo'lish uchun raqobatni kuchaytirdi.

Nazorat o'yini va test natijalari asosida o'tkazilgan video-materiallar tahlilidan so'ng murabbiylar shtabi hamda nazorat-ilmiy guruh tomonida futbolchilarning kuchli va zaif tomonlari aniqlandi hamda futbolchilarning funkcional tayyorgarligi va individual sifatini oshirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.  O'quv-mashg'ulotlar yig'ini yuqori darajaa tashkil etilgan bo'lib, mashg'ulotlar va nazorat o'yinini o'tkazib uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Quyida ikki kunlik o'quv-mashg'ulotlar yig'inida ishtirok etgan futbolchilar ro'yxati keltirilgan:

Darvozabonlar:
Rahim Davronov (Mashal), Nizom Ziyovutdinov (Olmaliq), SHoxjahon Nasimov (Buxoro);

Himoyachilar: SHerzod Nasrullaev (Nasaf), G'olib G'aybullaev (Nasaf), Ilhom Alijonov (Nasaf), Sergey Proxorov (Lokomotiv), Oybek Rustamov (Qo'qon-1912), Nodir Yo'ldoshev (Paxtakor), Avaz Mamatxo'jaev (Qo'qon-1912);

Yarim himoyachilar: Farruh Ikromov (Bunyodkor), Muxammadanas Hasanov (Qo'qon-1912), Bobur Davlatov (Lokomotiv), Islom Rashidxonov (Nasaf), Aziz Omanov (Lokomotiv), Davron Umirov (Bunyodkor), Jahongir Ahmadov (Paxtakor), Sobit Sindorov (Paxtakor), Abdulla Abdullaev (Bunyodkor);

Hujumchilar: Timur Usmonov (Lokomotiv), Akobir To'raev (Buxoro), Muhammad Sultonov (Metallurg).

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasi 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Osiyo chempionatiga saralash bosqichi doirasida Ravshan Haydarov shogirdlari Nepal, Livan va BAA termalarini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'lgandi.


Reyting: -65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика