So’nggi yangiliklar

12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  0 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  2 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0

Ravshan Haydarov: Myanma yoshlar terma jamoasi o'z vaqtida JCHda ishtirok etgan Yangiliklar

Ravshan Haydarov: Myanma yoshlar terma jamoasi o'z vaqtida JCHda ishtirok etgan

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Tailandda o'tayotgan "M-150 Cup" musobaqasi doirasida Myanma va Vetnam yoshlar terma jamoalariga qarshi kechadigan o'yinlar oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Myanma yoshlar terma jamoasi o'z vaqtida hozirgi murabbiy bilan jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritib, Yangi Zelandiyadagi mundialda ishtirok etgan edi. O'ylaymanki, o'tgan vaqt davomida bu futbolchilar o'sib, yaxshi futbolchiga aylangan bo'lishi kerak.

Yaqin o'rtada Myanma yoshlar terma jamoasining o'yinini ko'rmaganman, ammo aynan shu futbolchilar Myanma futboli kelajagi bo'lishiga ishonaman.

Vetnam terma jamoasiga keladigan bo'lsak, ularda ham hozir futbolda rivojlanish va o'sish davri bo'lmoqda. Vetnamliklar Osiyo chempionati saralashidan muvaffaqiyatli o'tgani ham fikrimni isbotlaydi. Bizni bu raqiblarga qarshi juda qiziqarli o'yinlar kutib turibdi", - deydi Ravshan Haydarov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasi musobaqadagi dastlabki o'yinni ertaga 11 dekabr kuni Myanma terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

9 dekabr kuni bo'lib o'tgan dastlabki tur o'yinida Vetnam yoshlar terma jamoasi Myanma ustidan yirik 4:0 hisobida g'alaba qozongan.

M-150 CUP-2017
"V" guruhi, 1-tur
Vetnam U-23 - Myanma U-23 - 4:0
Gollar:
Nguen Kuang Xay 12, Nguen Kuang Xay 27, Pxan van Long 63, Nguen Song Pxuong 69
Vetnam: Bui Tien Dung, Doan van Xau, Luong Xuan Truong (s), Pxam Dus Xu, Nguen van Toan, Nguen Song Pxuong, Do Duy Man, A Xoang, Vu van Txan, Nguen Kuang Xay, Tran Dinx Trong
Myanma: Sann Sat, Nan Vay, Ntike Aung, Soe Moe Kyav, Nlaing Bo Bo, Yan Paing Soe, Vin Naing Tun, Mg Lvin, Yan Naing, Si Txu Aung (s), Lvin Moe Aung


Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика