So’nggi yangiliklar

19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  12 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  7 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  8 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   15 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  7 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  3 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  6

Ravshan Haydarov: “Musobaqa juda kuchli jamoalarni jamlagan” Yangiliklar

Ravshan Haydarov: “Musobaqa juda kuchli jamoalarni jamlagan”

Bugun CHangjouda U-23 Osiyo CHempionati “A” guruhi vakillari ishtirokida turnirdan oldingi matbuot anjumani o'tkazildi.

Ushbu matbuot anjumanida ishtirok etgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov musobaqa ajoyib va qiziqarli tarzda kechishiga tilak bildirdi.

“Avvalo yangi yil bilan tabriklayman. Yangi yilning ilk musobaqasi esa, juda qiziqarli va muxlislarga yoqadigan tarzda kechishiga umid qilaman. Musobaqaga eng kuchli terma jamoalar jamlangan. O'ylaymanki, juda qiziqarli va keskin bahslar bizni kutib turibdi”, - deydi Ravshan Haydarov.



“Ushbu musobaqada potencial bo'yicha teng jamoalar yig'ilgan va musobaqa g'olibligi uchun barcha terma jamoalar kurashadi. Murabbiy sifatida qaysidir terma jamoaning imkoniyatini yuqori baholamoqchi emasman. Bu turnirda favorit va autsayder yo'q. Barchaning imkoniyati yuqori va katta salohiyatga ega terma jamoalar ko'p”.

“Qatar terma jamoasiga qarshi ilk uchrashuv biz uchun ham, Qatar uchun ham juda muhim. Boisi, musobaqada ilk uchrashuvni g'alaba bilan boshlash katta ahamiyatga ega. Qatarga qarshi juda ko'p o'ynaganmiz. Ammo, bu turli yoshdagi terma jamoalar va turli musobaqalar edi. Aytish mumkin, Qatar juda kuchli va tajribali futbolchilarga ega terma jamoa”, - dedi Haydarov.

Massimiliano Maddaloni (Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi): “Musobaqa biz uchun juda katta tajriba maktabi va katta ahamiyatga ega. Turnir mezboni sifatida harakat qilish bizga halaqit qilmasligiga umid qilaman. Futbolchilar professional va bu bosimni his qilib turishibdi. Ushbu turnirga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va umid qilamanki, unda yaxshi ishtirok etamiz”.



Hamad Al Azani (Ummon olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi): “Ushbu turnir biz uchun katta sinov va imtihon deyish mumkin. Ummonda yaxshi avlod futbolchilari etishib chiqmoqda. Ular ushbu turnirga yaxshi kayfiyatda va yaxshi natija ko'rsatish uchun tashrif buyurishgan. Avvalroq, Fors Ko'rfazi Kubogida g'alaba qozondik. Ushbu turnirda ishtirok etgan 20 nafar futbolchi Xitoydagi turnirda ham ishtirok etadi. Futbolchilar juda yosh va shijoatli. Umid qilamanki, turnirda yaxshi natija ko'rsatamiz”.


Feliks Sanches (Qatar olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi): “Juda kuchli guruhda o'ynaymiz. Guruhdagi barcha raqiblar kuchli va ajoyib tarkibga ega. Avvalgi musobaqada ishtirok etgan o'n nafar futbolchi bu musobaqada ham o'ynaydi. Tarkibimizda deyarli muammo yo'q. Musobaqada yaxshi ishtirok etishga umid qilamiz. Ushbu turnir juda qiziqarli va murosasiz tarzda kechadi deb o'ylayman. Guruhdagi raqiblar kuchli va ularga qarshi munosib o'ynashga harakat qilamiz”.

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика