So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston OTJ Toshkentda yig'inga kirishdi Yangiliklar

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston OTJ Toshkentda yig'inga kirishdi

Xabaringiz bor, shu yilning 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziyada XVIII Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o'yinlariga so'nggi tayyorgarlikni o'tkazish uchun Toshkentda yig'inga kirishdi. Futbolchilar Toshkent Temiryo'llari Muhandislik Instituti maydonida mashg'ulotlar o'tkazishmoqda.

Yig'in 9 avgust kuniga qadar davom etadi. Ana shu yig'indan keyin murabbiylar shtabi Osiyo o'yinlariga boradigan yakuniy tarkib borasida bir to'xtamga keladi. O'sha paytda jismoniy va funkcional jihatdan har tomonlama tayyor bo'lgan futbolchilar Osiyo o'yinlarining yakuniy ro'yxatiga kiritiladi.

Toshkentdagi yig'inga jalb qilingan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:

Botirali Ergashev, “Navbahor”
Umidjon Ergashev, “Nasaf”
Rahim Davronov, “Mashal”

Himoyachilar:
Rustam Ashurmatov, “Bunyodkor”
Akrom Komilov, “Bunyodkor”
Islom Qobilov, “Bunyodkor”
Abbos Otaxonov, “Metallurg”
Dostonbek Tursunov, "Neftchi"
Hojiakbar Alijonov, “Paxtakor”

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov, “Nasaf”
Javohir Sidiqov, “Qo'qon-1912”
Jasur Yaxshiboev, “Paxtakor”
Doniyor Narzullaev, “Nasaf”
Jaloliddin Masharipov, “Paxtakor”
Aziz Turg'unboev, “Navbahor”
Xurshid G'iyosov, “Bunyodkor”
Ikrom Aliboev, “Lokomotiv”
Doston Hamdamov, “Anji”, Rossiya
Husniddin G'ofurov, “Neftchi”
SHarof Muhiddinov, “Nasaf”

Hujumchilar:
Andrey Sidorov, “Neftchi”
Zabihullo O'rinboev, “Metallurg”
Bobir Abdixoliqov, “Nasaf”

Ushbu yig'inga “Nasaf” vakili Aziz G'aniev ham jalb qilingandi. Ammo terma jamoamiz yarim himoyachisi jarohati sababli Osiyo o'yinlarini o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Aziz G'anievga mustahkam sog'liq tilab qolamiz!

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика