So’nggi yangiliklar

09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  1 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  7 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  12 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0

Ravshan Haydarov: Men hakamga qizil yoki sariq ber deganim yo'q Yangiliklar

Ravshan Haydarov: Men hakamga qizil yoki sariq ber deganim yo'q

So'g'diyona - Dinamo uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab Dinamo jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirok etdi.
- Bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz.
- O'yin ikki azaliy raqib o'rtasida kechdi. Bu ikki jamoa o'rtasida o'tadigan o'yinlarda, futbolchilardan tashqari muhlislar ham raqobat qilishadi Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinlar avvaldan “derbi” maqomiga yaqinroq bo'lib, katta qiziqishlarga sabab bo'lgan Biz bugungi o'yinga o'tgan turda Bekobodning “Metallurg” jamoasini mag'lubiyatga uchratib, ko'tarinki kayfiyatda tayyorgarlik ko'rdik va tashrif buyurdik.O'yin keskin-kurashlarga boy bo'ldi.Birinchi bo'limda ko'proq standart vaziyatlarga etibor qaratdik. Ikkinchi bo'limda esa yigitlar ko'proq xotirjamlikka berilib tashabbusni raqibga berib qo'yishdi.

- Birinchi bo'limda E.Oripovning maydondan chetlatilishi va oradan besh daqiqalar o'tib berilgan ogohlantirishni haqqoniy deb o'ylaysizmi?
- Javobim mana: kiring va Bobojonovni oyog'ini ko'ring. Agar men hakamlar haqida gapiradigan bo'lsam judayam ko'p shikoyatlarim bor, lekin bu narsalar mening vakolatimga kirmaydi, ularni nazorat qiladigan tegishli odamlar bor. Men hakamga qizil yoki sariq ber deganim yo'q.

- “Bunyodkor” bilan uchrashuvdan oldin ikki asosiy o'yinchilar jarohat olishdi. Bu futbolchilarning o'rni jamoada qanchalik muhim?
- to'g'ri. Bobojonov jamoamizning asosiy o'inchilaridan. Biroq bugungi jarohat olgan ikki futbolchimizning “Bunyodkor” bilan bo'ladigan uchrashuvga tayyor holga kelishlariga biron narsa deya olmayman.Bu bir-ikki kunda hal bo'ladi. Lekin ularning o'rnini bosadigan o'yinchilarni zahiramizdan topish qiyinroq.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика