Ravshan Haydarov: Ishonch o'yini bizga uch ochko keltirdi
23 mar 2014 20:21
Yangiliklar


Ravshan Haydarov: Ishonch o'yini bizga uch ochko keltirdi
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida Dinamo bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Yomg'ir va qor yog'ayotgan bir noqulay ob-havo sharoitida ham jamoamizni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislar bilan birga, ular uchun maydonda borini bergan barcha futbolchilarimga rahmat aytaman. Ikki kundan beri tinmayotgan yomg'irga qaramay maydonni yaxshi holatda tayyorlagan stadion mamuriyatidan ham minnatdorman. Raqibni hurmat qilgan holda aytishim kerakki, bugun biz o'zimizga ishongan edik. Aynan ishonch bilan o'ynaganligimiz bizga yakunda uch ochkoni keltirdi.

Fikrlar