So’nggi yangiliklar

17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  3 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  95 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  6 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2

Ravshan Haydarov: "G'alabadan boshqa yo'l yo'q!" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "G'alabadan boshqa yo'l yo'q!"

Bugun Tailand U19 va O'zbekiston U19 terma jamoalari o'rtasidagi o'yin oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Ravshan Haydarovning aytishicha, 17 oktyabrdagi o'yinda ikki jamoa uchun ham qiyin o'yin bo'ladi va kuchli jamoa jahon chempionatiga chiqadi.

"Bizning terma jamoalarga katta vazifalar qo'yilgani kabi, ishqibozlar ham katta g'alabalar kutishadi. G'alabadan boshqa yo'l yo'q! Jahon chempionatiga chiqishni biz qanday istayotgan va kutayotgan bo'lsak, Tailand ham shunday kuchli istak bilan maydonga tushadi", - deb gap boshladi Ravshan Haydarov.

"Tailand ajoyib jamoa. Tezlik, kuch, g'ayrat va irodasi bo'yicha shu turning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblanadi. Guruh bosqichidagi oxirgi o'yinlari Tailandning har qanday sharoitda vaziyatni o'zgartirishga qodir jamoa ekanligini ko'rsatdi. Ob-havo, iqlim? Biz bu sharoitda birinchi marta o'ynamayapmiz va bu haqda bilar edik. SHularni inobatga olib tayyorgarlik ko'rganmiz. Ikki jamoa uchun ham qiyin, ishqibozlar uchun esa qiziqarli o'yin bo'ladi degan umiddaman", - deydi Haydarov.

Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi Sasom Pobprasetning aytishicha, 17 oktyabrdagi chorak finalda O'zbekiston favorit hisoblanadi.

"Ertaga biz yutqazib qo'ysak odatiy qabul qilinishi mumkin, lekin O'zbekiston yarim finalga chiqolmasa rosa yangilik bo'ladi. O'zbekiston kuchli jamoa va ularga qarshi o'yin og'ir kechadi. Qolaversa, tarkibimizda muammolar, jarohat olganlar bor. Guruh bosqichidagi kambeklar chiqmasligi mumkin, chunki bu o'yin taqdiri bir o'yinda hal bo'ladi, 3 ta imkoniyat yo'q. Biz bor imkoniyatimizni ishga solamiz, kuchimizni berib o'ynaymiz, lekin raqibimizning kuchli ekanligini ham tan olamiz", - deydi Sasom Pobpraset.

O'zbekiston va Tailand o'rtasidagi chorak final 17 oktyabrda Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.

O'FF matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика