So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  4 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  15 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

Ravshan Ermatov O'zbekiston U-18 va Olimpiya terma jamoalarining keyingi yilgi rejalari bilan tanishdi Yangiliklar

Ravshan Ermatov O'zbekiston U-18 va Olimpiya terma jamoalarining keyingi yilgi rejalari bilan tanishdi

Teglar :  Ravshan Ermatov
O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov O'zbekiston Olimpiya terma jamoasining bosh murabbiy Timur Kapadze bilan birgalikda keyingi yilgi tayyorgarlik rejalarni ko'rib chiqdi.

Xabaringiz bor, Olimpiya terma jamoamizni 2022 yilda yil ikkita yirik musobaqa — mamlakatimiz maydonlarida bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati va Xanchoudagi Osiyo o'yinlari kutib turibdi.

O'FA birinchi vice-prezidenti mazkur nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik rejalari bilan tanishish maqsadida murabbiylar shtabi bilan suhbatlashdi. O'FA tomonidan futbolchilarimizning oldinda turgan turnirlarga sifatli va tizimli tayyorgarlik ko'rishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi malum qilindi.

SHundan keyin Ravshan Ermatov O'zbekiston U-18 terma jamoasining mashg'ulotlariga tashrif buyurdi. Tajribali mutaxassis Ravshan Haydarov qo'l ostidagi mazkur jamoani ham bir qancha muhim turnirlar kutib turibdi. Xususan, vakillarimiz keyingi yili Osiyo chempionatining saralash bahslarida ishtirok etish bilan bir qatorda, 2023 yilda bo'lib o'tadigan U-20 Jahon CHempionati yo'llanmasi uchun ham kurash olib borishadi.

Ravshan Ermatov futbolchilar bilan suhbatda mazkur turnirlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rish kerakligini, buning uchun har kuni o'z ustida ishlash zarurligini takidlab, terma jamoa azosi bo'lish har bir futbolchi uchun sharaf va azaliy orzusi ekanligiga etibor qaratdi. Bu borada hozirdanoq professionalizm, intilish va mehnatsevarlikni o'zida mujassam qilib borish zarurligini aytdi.

Ushbu jamoani keyingi yilga tig'iz tayyorgarlik taqvimi kutib turgani sababli musobaqalarga tibbiy, jismoniy, ruhiy, texnik va taktik tomondan tayyorgarlik olib borish bo'yicha murabbiylarga topshiriqlar berildi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика