So’nggi yangiliklar

01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  2 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  11 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  0 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  74 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  5 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2

Ravshan Ermatov: "Ektor Baldassi FIFAning emas, o'z fikrini bildirgan edi" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Ektor Baldassi FIFAning emas, o'z fikrini bildirgan edi"

Bugun "Oriat Dono" radiosida FIFA hakami Ravshan Ermatov ishtirokida "CHoy ustida" dasturi bo'lib o'tdi.
Ushbu dasturda "El yurt hurmati" ordeni sohibi bo'lgan hakamimiz o'z fikrlarini bildirdi.

"Braziliyadagi o'tgan Jahon chempionatida olam-olam taassurot oldim. Braziliya futbol bilan yashadi. Ertalabdan kechgacha u erda faqat futbol bosh mavzuga aylandi.

U erda kutilmagan natijalar bo'ldi. Aslida men oldindan hech qachon taxmin qilmayman. Lekin Kosta-Rika ko'rsatgan o'yin barchani lol qoldirdi. O'zi kichkinagina davlatning natijalari kutilmagan bo'ldi. Urugvayni mag'lub etishdi, Italiyani taslim qilishdi. Guruhdan chiqishdi... Bir voqeani aytib beraman. Aslida har bir o'yindan so'ng ikkala jamoaning bittadan futbolchisi doping tekshiruvidan o'tishi kerak. Kosta Rikaning dastlabki o'yinida 1ta, ikkinchi o'yinida 3ta, keyinroq xatto 7ta futbolchisini doping tekshiruvga olib qolishdi.

Meni Argentina terma jamoasi ishtirokidagi o'yinga tayinlanmaganim haqida. Sobiq hakam Ektor Baldassi o'z shaxsiy sahifasida bu borada o'z fikrlarini yozgan ekan. Buni men bilib FIFA vakiliga murojaat qildim. U ushbu xabarni mendan eshitayotganini aytib o'tdi. O'zbekistondagi jurnalistlar o'sha malumotni rasmiy xabar sifatida talqin qilishdi.

Braziliyadagi mundialda hakamlarga yordam tariqasida golni aniqlash texnologiyasi sinovdan o'tkazildi. Bu o'z samarasini bergani aniq. CHunki odam ko'zi ilg'ay olmagan vaziyatni texnologiya aniqlay oladi.

Nishimura ham odam, u ham xato qiladi. O'zbekiston va Eron o'rtasidagi o'yinda bizning golimizni hisobga olmay xato qilganini tan oldi. Buni xato deb ham ayta olmayman, ko'ra olmay qolgan vaziyati natijaga tasir qilmasligini istardim. Bunday holat futbolda ko'p bo'ladi, Nishimura buni atayin qilmagani aniq. Jahon chempionatida golni aniqlash texnologiyasi ishlatildi, menimcha barcha muhim o'yinlarda ushbu texnologiyani qo'llash vaqti keldi. Men aynan shuning tarafdoriman, - deydi Ravshan Ermatov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика