Ravshan Eliboev: "Jamoamiz ECHLga yo'llanma olish uchun kurashmoqda"
12 may 2022 14:11
Yangiliklar
Ravshan Eliboev: "Jamoamiz ECHLga yo'llanma olish uchun kurashmoqda"
U "Kaspiy" jamoasi safida kubok bahsida gol urib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi. Uchrashuv qahramonini fikrlariga quloq tutdik.
Asosiy maqsad haqida
"Bu jamoa tashkil topganiga 2 yil bo'lganiga qaramay oldiga ulkan vazifalar qo'ygan. Joriy yilgi mavsumdagi asosiy vazifa kubokda finalga qadar etib borish va Evropa CHempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. Xudo xohlasa, Qozog'iston va O'zbekiston futzal muxlislarini xursand kilamiz.
Gol urgani haqida
"Ha albatta bunday o'yinlarda keraklik pallada gol urish juda ham yoqimli. To'g'risini aytsam faoliyatimda nechta gol urganimni sanab chiqmaganman (kuladi). Asosiysi davomli va bardavomli bo'lishini xohlayman va bunga erishish uchun intilaman.
Qozog'istonda futzalga etibor qay darajada?
"Bu erda futzalga bo'lgan etibor juda ham yukori darajada. Har bir jamoani futzal maktablari va top darajadagi legioner futzalchilari mavjud. Har tomonlama bizning chempionatdan farq qiladi. Nafaqat O'zbekiston futzali, Evropada ham o'z o'rniga desam mubolag'a bo'lmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar