Rasmiy xabar: "Neftchi" murabbiylaridan biri jamoani tark etdi
03 apr 2024 14:51
Yangiliklar
Rasmiy xabar: "Neftchi" murabbiylaridan biri jamoani tark etdi
2022 yildan buyon "Neftchi"da murabbiy vazifasida ishlab kelgan Vladimir Ejurov Rossiyaga qaytib ketishga qaror qildi.
Jamoa rahbariyati uning iltimosiga rozilik berdi. SHu tariqa, Vladimir Ejurov bugun jamoa bilan samimiy xayrlashib, o'z yurtiga qaytib ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Neftchi" rahbariyati va muxlislar nomidan unga jamoada ko'rsatgan faoliyati va futbolni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun samimiy minnatdorchilik izhor etamiz va keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deyiladi klub bayonotida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar