So’nggi yangiliklar

23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  12 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди.  69 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  9 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1

Rasmiy xabar: Maksim SHackix - "Paxtakor" bosh murabbiyi! Yangiliklar

Rasmiy xabar: Maksim SHackix - "Paxtakor" bosh murabbiyi!

"Paxtakor" asosiy jamoasi bosh murabbiyi sifatida Maksim SHackix bilan kelishuvga erishildi.

Futbolchilik faoliyatida Kievning "Dinamo" klubidagi ajoyib va sermahsul o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan SHackix keyinchalik murabbiylik ishini ham ushbu klubda boshladi. Akademiya jamoalaridan keyin asosiy jamoa murabbiylar shtabida faoliyat yuritdi. Keyinchalik Rossiyaning "Rotor" klubida ishladi. Iyun oyidan beri u "Paxtakor"da sport direktori sifatida ishlab kelayotgandi. Bugun "Paxtakor" futbol klubi va Maksim SHackix o'rtasida uch yillik shartnomaga imzo chekildi. Valeriy Lobanovskiy singari mutaxassis qo'l ostida "Dinamo" Kievda o'ynagan SHackix zamonaviy futbol bilimlarini yaxshi o'zlashtirgan. U katta klubda akademiyadan asosiy tarkibgacha bo'lgan yo'lni iqtidorlarning tizim asosida bosib o'tishiga yordamlashgan, yosh va yuqori salohiyatli futbolchilarni tajribali o'yinchilar bilan uyg'unlashtirgan holda ishlashni yaxshi o'zlashtirgan. Maksim Aleksandrovich "Paxtakor" bilan ko'plab g'alabalarga erishadi deb umid qilamiz. Uch yillik shartnoma muddati ham klubning SHackix bilan rejalari ulkanligini ko'rsatadi.

Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida ukrainalik Vitaliy SHpanyuk taklif etildi. 51 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Ukrainaning "Kremen", "Arsenal", "Slavutich", "Karpati", "Lvov", "Vorskla" va LNZ, Rossiyaning "Anji", "Rotor", Gruziyaning "Dinamo" Tbilisi klublarida ishlagan. SHuningdek, uch yarim yil davomida Ukraina milliy terma jamoasida ishlagan.

SHackixga yordamchi sifatida Vyacheslav Belyaev ishlaydi. U Ukrainaning "Tavriya", "Metallist", Gruziyaning "Dinamo" (Tbilisi) va Rossiyaning "Rotor" klublarida faoliyat yuritgan. Mahalliy mutaxassislardan Denis Ivankov (darvozabonlar murabbiyi), Kamoliddin Tojiev (tahlilchi) va Yuriy Siyanov (jismoniy tayyorgarlik) SHackixga yordam berishda davom etishadi.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика