So’nggi yangiliklar

10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  0 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  2 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  4 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  8 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  17 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4

Rasmiy xabar: Aleksandr Mochinov - "Buxoro" bosh murabbiyi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Aleksandr Mochinov - "Buxoro" bosh murabbiyi

Kuni-kecha “Buxoro” PFK rahbariyati jamoaning kelasi mavsumga tayyorgarligi borasida belgilab olingan rejalarni tasdiqladi.
O'tgan mavsumda bosh murabbiy Edgar Gessning istefosidan so'ng, Seid Seidov bosh murabbiy vazifasini mavsum so'nggiga qadar bajarib keldi. Seidov legioner murabbiy hisoblanadi. PFL reglamentiga binoan xorijlik, bosh murabbiy vazifasida ishlaydigan mutaxasis PRO licenziyasiga ega bo'lishi kerak. Seid Yusupovichda esa ushbu licenziya yo'q.

Bo'sh qolgan bosh murabbiy lavozimiga ko'plab nomzodlar ko'rib chiqildi. Jumladan O'zbekistonning mashhur murabbiyi Yuriy Sarkisyan nomzodlar orasida bor edi,lekin Yuriy Vazgenovich hozir ishlab turgan ish joyini o'zgartirmaslikni maqul ko'rdi.

Barcha nomzodlar bilan olib borilgan muzokaralardan so'ng, viloyat rahbariyati “PRO”  licenziyasiga ega Mochinov Aleksandr Vladimirovich nomzodini tanladi. O'tgan mavsum ushbu murabbiy “Bunyodkor” jamoasida katta murabiy lavozimida ishlagan edi.

Demak,rasman, Aleksandr Mochinov “Buxoro” PFK bosh murabbiyi etib tayinlandi!

Amaldagi murabbiylar shtabidan o'rin olgan mutaxasislarning shartnomalari shu yilning 31 dekabr sanasida yakuniga etadi.Bundan keyin jamoa murabbiylar shtabida o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Viloyat rahbari tomonidan bosh murabbiy, murabbiylar shtabini o'zi xohlagan mutaxasislar bilan to'ldirishi kerakligi aytib o'tilgan.

“Buxoro” jamoasi mavsumoldi yig'inni 15 dekabr kuni o'z qarorgohida boshlashi tasdiqlandi. Jamoani bugunga kelib rasman biron-bir futbolchi tark etgani yo'q.Futbolchilarning shartnomalari 31 dekabr kuni o'z nihoyasiga etadi. Barcha selekciya ishlari ham boshlab yuborilgan.

Biz “Buxoro” jamoasiga yaqinlashib kelayotgan yangi 2015 yilgi mavsumda omadlar tilab qolamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика