Rasman: Stiven Bergveyn - "Ayaks" futbolchisi!
08 iyu 2022 19:44
Yangiliklar
Rasman: Stiven Bergveyn - "Ayaks" futbolchisi!
24 yoshli vinger Stiven Bergveyn "Tottenxem"dan Amsterdamning "Ayaks" klubiga ko'chib o'tdi.
SHartnoma besh yilga imzolangan va 2027 yilning 30 iyunida yakunlanadi. "Ayaks" futbolchining transferi uchun "shporlar"ga 31,25 million evro to'laydi.
Bergveyn avvalroq Amsterdam klubining yoshlar jamoasi o'ynagan. SHuningdek, "Tottenxem"ga o'tishdan oldin u PSV tarkibida to'p tepgan.
London klubi safida u 83 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi. Niderlandiya terma jamoasi safida esa futbolchi 22 o'yin o'tkazib, 6 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.
"SHporlar" o'tgan mavsumda APLda to'rtinchi o'rinni egallab, CHempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Niderlandiya chempionligini qo'lga kiritgan "Ayaks" ham Evropaning asosiy klublar turnirida ishtirok etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar