So’nggi yangiliklar

08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   0 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  1 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  3 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  3 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  11 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  2 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0

Rasman: Stadiondagi muammo sabab "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvi qoldirildi Yangiliklar

Rasman: Stadiondagi muammo sabab "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvi qoldirildi

Projektorlar kechikayotgani sabab "Dinamo" - "Navbahor" o'yini qoldirildi.

Bu haqda O'zPFL rasman malum qildi.

"Samarqanddagi "Dinamo" stadioni joriy yilning 22 iyun sanasida test tariqasida Superliganing 12-tur uchrashuvini qabul qilgandi. O'yinga qadar bo'lgan kelishuv davomida stadion 25 iyulga qadar to'liq tayyor bo'lishi yuzasidan kafolat berilgandi. 

Ligaga malum bo'lishicha, stadion projektorlarning kerakli qismlari hozirga qadar O'zbekistonga kirib kelmagan. Bu esa stadion 3-avgust sanasiga qadar Superliga uchrashuvini qabul qilish uchun tayyor bo'lmasligini bildiradi. Mazkur ish bilan shug'ullanayotgan kompaniya 10 avgustgacha barcha masalani hal qilishga vada bermoqda. 

Qayd etish kerak, Samarqand viloyati hokimligi stadion bilan bog'liq qolgan barcha talabni bajardi. Qo'shimchasiga, shaharning o'zida Superliga talabiga javob beruvchi yana bitta stadion tayyorlash ishlari boshlangan. SHuni hisobga olgan holda "Dinamo" klubining Superliga 14-turidan o'rin olgan Navbahorga qarshi o'yini qoldiriladi. Yani, keyinroq Liga bellashuvni Samarqandning o'zida tashkil etish chorasini ko'radi va aniq sanani elon qiladi. 

Mazkur stadiondagi keyingi bellashuv 6-avgust kuni O'zbekiston kubogi doirasida "Surxon" va "Xorazm" o'rtasida bo'lib o'tadi. Kubokda turli musobaqalar vakillari ishtirok etadi va tabiiyki, projektorlar bilan bog'liq talab O'zbekiston kubogida bir muncha yumshoqroq. "Dinamo" stadionining ayni vaqtdagi yoritgichlari kubok uchrashuvini o'tkazish imkoniyatini beradi", -deyiladi PFL bergan bayonotda.


Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика