Rasman: “Real” La Liga restartidan keyin qolgan bahslarni boshqa stadionda o'tkazadi
02 iyu 2020 21:35
Yangiliklar
Rasman: “Real” La Liga restartidan keyin qolgan bahslarni boshqa stadionda o'tkazadi
“Santyago Bernabeu”dagi rekonstrukciya ishlarini tezlashtirish maqsadida jamoa 2019/20 yilgi mavsum uy uchrashuvlarini “Alfredo di Stefano” o'yingohida o'tkazadi.
“Ispaniya chempionatining qolgan uy uchrashuvlarini zaxira jamoasi ("RM Kastilya") maydonida o'tkazishga qaror qildik. Bu esa bizga “Santyago Bernabeu”dagi rekonstrukciya ishlari jadallashishiga ko'maklashadi”, deydi klub rahbari.
“Alfredo di Stefano” o'z bag'riga olti ming tomoshabinni sig'dira oladi. Arena La Liganing barcha talablariga javob beradi – zamonaviy yoritish hamda videoassist tizimi (VAR).
Ispaniya chempionati restarti 11 iyun kuni “Sevilya” — “Betis” bahsi bilan boshlanadi. “Real” esa uzoq tanaffusdan keyin ilk uchrashuvini 14 iyunda uyda “Eybar”ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar