Rasman: "Qizilqum" shimoliy makedoniyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
18 iyu 2023 18:24
Yangiliklar
Rasman: "Qizilqum" shimoliy makedoniyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Superilganing ikkinchi davrasiga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan "Qizilqum" jamoasi navbatdagi transferni amalga oshirdi.
Navoiy klubi Marko Simonovskiy rasman jamoa azosiga aylanganini malum qildi.
Makedoniya Kubogi sohibi, markaziy hujumchi Marko Simonovskiy faoliyati mobaynida "Metallurg" Skope (Makedoniya), "Vardar" (Makedoniya), "Amkar" (Rossiya), "Split" (Xorvatiya), "Jetisu" (Qozog'iston), "SHaxtyor" (Qozog'iston), "Laxti" (Finlandiya), "Voluntari" (Ruminiya), "SHepshi" (Ruminiya), "Drita" (Kosovo) kabi jamoalarda o'ynagan.
Avvalroq 31 yoshli futbolchi "Paxtakor"ga qarshi nazorat uchrashuvida harakat qilgani va katta ehtimol bilan ikkinchi davrani navoiyliklar tarkibida o'tkazishi haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
15:00
"Qizilqum" Dilshod Komilovga o'rinbosarlar jamoasi mashg'ulotlarida qatnashishga ruxsat berdi 3
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar