Rasman: Papu Gomes doping sababli 2 yilga diskvalifikaciya qilindi
20 okt 2023 23:28
Yangiliklar
Rasman: Papu Gomes doping sababli 2 yilga diskvalifikaciya qilindi
Sentyabr oyida "Sevilya" bilan shartnomasini bekor qilib, "Monca"ga o'tgan futbolchi antidoping qo'mitasidan 2 yilga chetlatilgani borasida xabar olgan. Hozircha Gomes appelyaciya beradimi yo'qmi, aniq emas.
Taqiqlangan dorini Gomes 2022 yilning noyabrida, JCH startidan oldin qabul qilgan. O'shanda "Sevilya" mashg'ulotiga antidoping qo'mitasidan vakillar tashrif buyurgan va Gomesdan taxlil olgan.
Futbolchining talqiniga ko'ra, taxlil olishdan bir necha kun oldin u o'zini yomon his qilgan va shifokorlarning ko'rsatmasisiz bolalarining siroplarini istemol qilgan. VADA qoidalariga ko'ra, bu futbolchini oqlamaydi. Futbolchi shaxsan o'zi taqiqlangan dorilarni bilishi kerak.
35 yoshli futbolchi va "Sevilya" barchasidan boxabar bo'lib turgan. Ushbu haftada futbolchi 2 yillik diskvalifikaciyani qabul qilib oldi.
JCH-2022da Gomes ikki o'yinda - Saudiya Arabistoni (1:2) va Avstraliya (2:1) termasiga qarshi bahslarda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar