So’nggi yangiliklar

11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  0 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  1 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  2 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  20 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  8

Rasman: O'zbekiston Superkubogi Yaypanda o'tkaziladi Yangiliklar

Rasman: O'zbekiston Superkubogi Yaypanda o'tkaziladi

SHu yilning 27 fevral sanasida O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo'lib o'tishi avvalroq xabar berilgandi.

Unda O'zbekistonning amaldagi chempioni "Paxtakor" mamlakat kubogi sohibi "Nasaf"ga qarshi saf tortadi.

Bir yil avval ham mazkur jamoalar ishtirokidagi uchrashuv futbol mavsumini boshlab bergan va o'yinga Samarqand mezbonlik qilgandi. Bunda maydon har ikki klub uchun neytral bo'lishi masalasi kun tartibiga qo'yilganini qayd etish kerak.

Qarshi va Toshkent uchun neytral arena sifatida yana Samarqand shahrini tanlab olish to'g'ri bo'lmasdi. Boisi, mazkur shahar 2021 yilgi mavsumda ikki katta futbol uchrashuviga mezbonlik qildi. Jizzaxdagi stadionda esa maysa holatini yaxshilash ishlari davom etmoqda. Vodiyga nazar solinsa, ayni vaqtda Namangan va Yaypandagi stadionlar talabga javob beradi. Biroq ikki yil avval Namangan ham katta futbol uchrashuvini qabul qilgan.

O'tgan mavsum Yaypanning "Turon" futbol klubi o'z arenasini qayta rekonstrukciya qildi. SHuningdek, klub qisqa fursat ichida o'z projektorlarini OFK talab qilgan minimum ko'rsatkichlarga keltira oldi. SHundan kelib chiqilsa, mazkur arena ham endilikda katta uchrashuvlarga mezbonlik qilishga tayyor. Natijada O'FA hamda O'zPFL o'zaro fikr almashib, Superkubok uchrashuvini Yaypanda tashkil qilishga qaror qildi.

"Turon" futbol klubi va O'zPFL Superkubok masalasida kelishib oldi. Endilikda ushrashuvni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan hamkorlikda ish olib boriladi.

Eslatib o'tamiz, "Championat.asia" sayti 19 yanvar sanasida ayni shu haqda "Eshitdik-da" rukni orqali xabar bergan edik.

Eshitdik-da! O'zbekiston Superkubogi vodiyda o'tadi

27 fevral kungi bellashuv 16:00 da start oladi. O'zbekiston kubogining final uchrashuviga mezbonlik qiluvchi arena nomiga esa kubok bellashuvlariga qura tashlash marosimida oydinlik kiritiladi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика