Rasman: Mandanda 15 yildan keyin "Marsel" bilan xayrlashdi va "Renn" safiga qo'shildi
07 iyu 2022 00:13
Yangiliklar
Rasman: Mandanda 15 yildan keyin "Marsel" bilan xayrlashdi va "Renn" safiga qo'shildi
U o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha "Marsel" klubi rekordchisi hisoblanadi. Tomonlar 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnomani bekor qilishga qaror qilishdi, deb xabar berdi klub sayti.
Mandanda 2007 yilda "Gavr"dan kelib, bugungi kungacha "Marsel" sharafini himoya qilib kelayotgandi. U faqat bir mavsum Angliyaning "Kristal Pelas" klubida o'ynab qaytgan.
Rasmiy malumotlarga qaraganda, futbolchi faoliyatini "Renn"da davom ettiradi. U mazkur klub bilan 2023/24 yilgi mavsum so'ngigacha shartnoma tuzgan.
Umuman olganda, Mandanda "Marsel" safida 613 ta o'yin o'tkazgan va bu klub tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Tajribali posbon jamoa tarkibida Franciya chempioni nomiga sazovor bo'ldi va Franciya Liga Kubogi (uch marta) va mamlakat Superkubogi (ikki marta)ni qo'lga kiritdi. 2018 yilda Franciya terma jamoasi bilan Jahon chempioniga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar