Rasman: Kamara - "Roma" futbolchisi!
31 avg 2022 19:44
Yangiliklar
Rasman: Kamara - "Roma" futbolchisi!
"Roma" Muhammad Kamarani o'z safiga qo'shib olganini rasman elon qildi.
Rimliklar 25 yoshli yarim himoyachini “Olimpiakos”dan 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olishdi. Ushbu muddat tugagach, “bo'rilar” futbolchini sotib olish huquqiga ega. Kamara 20-raqamli libosda to'p tepadi.
"Bu erda ekanligimdan juda xursandman, “Roma”ga o'tish men uchun ajoyib imkoniyat. Bu mavsum ham chempionat, ham kubok bahslarida shiddatli bo'ladi. Men barcha turnirlarda jamoaga o'z hissamni qo'shish va yordam berish uchun harakat qilaman. "Olimpiko" stadionidagi muxlislarni ko'rish ajoyib zavq bag'ishladi. Ularning qarshisiga chiqishga sabrim chidamayapti", — dedi Kamara.
Eslatib o'tamiz, “Roma” navbatdagi o'yinini 4 sentyabr kuni “Udineze”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar