Rasman: APL "Manchester Siti"ni jarimaga tortdi
31 iyu 2024 21:43
Yangiliklar
"Manchester Siti" klubi APL tomonidan rasman jarimaga tortildi. Gap shundaki, "Man Siti" oxirgi ikki mavsum davomida ko'p marta o'yinlarning o'z vaqtida boshlanishi va davom etishiga halal bergan. Klub bu aybi uchun APL tomonidan 2,09 mln funt jarimaga tortildi.
Qayd etilishicha, "Manchester Siti"ga bog'liq sabablarga ko'ra, APLning bir necha o'yinlari o'z vaqtida boshlanmagan, boshqa o'yinlarda esa tanaffusdan so'ng uchrashuv hushtagi kech chalingan. Ikki mavsum davomida shu holat bo'yicha 22 marta reglament qoidalari buzilgan.
Etiborlisi, bir holatda o'yinning boshlanishi 79 soniyaga kechikkan bo'lsa ham "Siti"ga baribir 100 ming funt miqdoridagi jarima tayinlangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar