So’nggi yangiliklar

09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  0 09:15Ямал тарихга кирди  4 08:41Дембеле тарихда ушбу натижага эришган 10-футболчи бўлди  8 08:09Месси Дембелени табриклади  5 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  4 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  119 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  5 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  8 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  6 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6

Rasman: "Al Nasr" Doston Hamdamovni boshqa jamoaga ijaraga berdi Yangiliklar

Rasman: "Al Nasr" Doston Hamdamovni boshqa jamoaga ijaraga berdi

BAAning "Al Nasr" jamoasi Doston Hamdamov xizmatidan voz kechdi.

Ikki hafta ilgari erkin agent hisoblangan Doston Hamdamov bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan "Al Nasr" O'zbekiston terma jamoasi futbolchisini chempionat autsayderiga ijaraga berdi.

Malumotlarimizga ko'ra, chempionatda ikki o'yin va kubokda bir bahsda maydonga tushgan hamda hech bir uchrashuvda to'liq o'ynamagan Hamdamovning harakatlari jamoa bosh murabbiyi xorvatiyalik Yurchich Krunoslavga maqul kelmagan. SHu bois klub Hamdamovni mavsum yakuniga qadar amirliklar chempionatida autsayder bo'lgan "Hatta"ga ijaraga berdi. Bu haqda "Hatta" klubi rasman elon qildi.

Eslatib o'tamiz, "Al Nasr" klubi kuni kecha Obeid transferini elon qilib, futbolchini Hamdamovning o'rniga ro'yhatdan o'tkazishini malum qilgandi.

Hamdamovning yangi jamoasiga aylangan "Hatta" BAA chempionatida 14-turdan keyin atigi 2 ochko bilan eng oxirgi pog'onani band etib turibdi. Jamoa 14 o'yinda atigi 7ta gol urgan xolos. Klub Hamdamovdan oldin ikki futbolchi va bugun Hamdamov bilan birgalikda yangi 4 futbolchi transferini elon qildi. Jamoaga Nahir Besara, Darveesh Ahmed, Doston Hamdamov, Miral Smarjich, Ayman Achoq va Aniss Karimi kelib qo'shildi.

Etiborli tarafi, O'zbekiston chempioni "Paxtakor"ning ikki sobiq futbolchilari, qanot vingerlari Jaloliddin Masharipov va Doston Hamdamov yangi mavsumda legionerga aylanishdi hamda 2021 yilda ikkita jamoani almashtirishga ulgurib, ijarachi maqomida yangi mavsumni davom ettiradigan bo'lishdi. Masharipov Saudiyaning "Al Nasr" klubiga transfer qilinib, klubning legionerlar borasidagi taqiqi tufayli BAAning "SHabab Al Ahli" jamoasiga ijaraga berilgan bo'lsa, Hamdamov tekinga BAAning "Al Nasr" klubiga o'tib, keyinchalik chempionat autsayderi "Hatta"ga ijaraga berildi.

O'tgan yillar bir jamoada o'ynab chempionga aylangan va O'zbekistondagi barcha sovrinlarni yutgan bu ikkovlon endilikda BAA chempionatida o'zaro raqibga aylanishdi. 

Reyting: -122   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика