Rasman: Abduqodir Husanov - "Manchester Siti" futbolchisi!
20 jan 2025 23:02
Yangiliklar
Rasman: Abduqodir Husanov - "Manchester Siti" futbolchisi!
"Manchester Siti" nihoyat barcha o'zbekistonliklar kutgan yangilikni elon qildi.
"Lans" sobiq futbolchisi, O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov "Manchester Siti" futbolchisi sifatida elon qilindi. "SHaharliklar" bu malumotni o'zning barcha sahifalariga joyladi. 20 yoshli Husanov "Siti"da 45 raqam ostida to'p tepadi.
Olgan malumotlarimizga ko'ra, "Manchester Siti" bu transfer uchun "Lans"ga 45 mln. evro va bonus sifatida yana 5 mln. evro to'laydi.
Abduqodir Husanov Manchester klubi bilan 4,5+1 yillik sxemasidagi bitimni imzolagan.
Eslatib o'tamiz, Abduqodir Husanov Football Group agentligining mijozi hisoblanadi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar