So’nggi yangiliklar

10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  2 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  5 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  1 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  11 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  2 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5 04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  5 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  1 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  19 02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  1

Birinchi liga. Rashidov, Sulaymonov yoxud Superligadan "sinalgan" superfutbolchilar Yangiliklar

Birinchi liga. Rashidov, Sulaymonov yoxud Superligadan "sinalgan" superfutbolchilar

Superliga, Pro liga va mana endi Birinchi liga klublari uchun ham mavsum boshlandi.

 "Olimpiya", "Nurafshon", "Jizzax", "Jayxun" jamoalari O'zbekiston kubogi saralash bahslari orqali yo'lga otlanishdi. Birinchi liga musobaqasi esa aprel oyida start oladi. Klublarning PFL ro'yxatidan o'tkazgan qaydnomalariga nazar solar ekanmiz, bir qator tajribali va nomdor futbolchilarga ko'zimiz tushdi. Quyida shu haqida batafsil to'xtalamiz. 

Sanjar Rashidov - "Jizzax"

Rashidovlarning Sardordan keyingi vakili Sanjarni barcha "So'g'diyona"dagi o'yinlari bilan tanigan. Yarim himoyachini 2021 yil "Bunyodkor"dagi faoliyatidan so'ng uni ko'zdan qochirib qo'ygandik. Qishda esa "Surxon" yig'inida qatnashayotganligi malum bo'ldi. Aftidan termizliklar bilan kelishuv amalga oshmadi chog'i yakunda Birinchi liga vakili "Jizzax"dan qo'nim topdi. U yana avvalgi formasiga qaytib ajoyib o'yinlarini ko'rsatishiga tilakdoshmiz. Malumot uchun, endilikda Sanjar Rashidov jamoasi bilan O'zbekiston kubogi guruh bosqichida ishtirok etadi. Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan klub "A" guruhida OKMK, "Andijon-SGS", "G'ijduvon" bilan bellashadi. 

Suhrob Nematov - "Nurafshon"

Men bu futbolchini, o'yin uslubini BAA terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Ismoil Matarga o'xshatardim. "Buxoro"da o'ynab yurgan kezlarida jamoaning sardori va haqiqiy etakchisi bo'lgan. Maydonda kurashlardan qochmagan.  So'nggi mavsumlarda u Pro ligada "Buxoro"ga ko'maklashishga harakat qildi. Endilikda "Nurafshon" Nematovning tajribasidan foydalanib ko'radi. Futbolchi so'nggi bor 2020 yil "Buxoro" safida Superligada o'ynagan edi. 


Sardor Sulaymonov - "Nurafshon"

Sardor Sulaymonovni namanganlik muxlislar juda yaxshi tanishlari aniq. 2018 yil "Navbahor"dagi faoliyatida yomon taassurot qoldirmagandi. Keyinchalik "Andijon", "Buxoro", "Surxon"da to'p tepdi. Superligada doimiy tarzda o'ynab kelayotgan Sardor Sulaymonov Qirg'iz Respublikasining "Neftchi", Buxoroning "G'ijduvon" klublarida to'p tepdi. U ham Suhrob Nematov bilan "Nurafshon" safini to'ldirdi. 

Qahramon Bahodirov - "Jizzax"

Yana bir Superliga havosini ko'rgan yarim himoyachining ham faoliyati zinama-zina pastki ligalarga qarab ketmoqda. Qahramon Bahodirov Superligada "Andijon", OKMK, "Mashal", "Buxoro" jamoalarida harakat qilgan. O'tgan yili Pro ligada "Yangier"da o'ynadi. 34 yoshli futbolchi bu mavsumni Birinchi ligada "Jizzax"da o'tkazadi. 

Bundan tashqari "Cementchi" ham tarkibni Hamidullo Abduhamidov, SHodiyor Xojimatov, Mirjamol Nematov, Islombek Karimov kabi futbolchilar bilan kuchaytira oldi. "CHig'atoy" safida o'z vaqtida Sergey Lushchanning "Bunyodkor"dagi "qaldirg'ochi" bo'lgan Davronbek Umirov ro'yxatdan o'tgan. Futbolchi "Bunyodkor"dan tashqari elitada "Turon", "Lokomotiv", "Metallurg", "So'g'diyona" jamoalarining liboslarida maydonga tushgan. 


"Qumqo'rg'on"da esa "Nasaf" va "SHo'rtan"dagi o'yinlari orqali tanish Laziz Ubaydullaev ham borligini ko'rishimiz mumkin. U 2022 yilda ham shu jamoa sharafini himoya qilgan. Quyi ligalarda ham shunday nomlarning borligi yaxshi holat. Bu birinchidan futbol jamoatchiligining etiborini jalb qilsa, ikkinchidan raqobatning oshishiga xizmat qiladi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика