So’nggi yangiliklar

09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  0 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  0 08:31"Балки биз чампион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  0 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  6 07:36Суперлига. Бугун тур якунланади  2 03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  2 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  40 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  5 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  63 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0

Rashid G'ofurov: "Hech qaysi jamoa bizga qarshi 11 nafar mahalliy o'yinchisini maydonga tashlay olgani yo'q" Yangiliklar

Rashid G'ofurov: "Hech qaysi jamoa bizga qarshi 11 nafar mahalliy o'yinchisini maydonga tashlay olgani yo'q"

Pro liganing 7-turidan o'rin olgan "Navbahor-farm" - "Mashal" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Rashid G'ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun g'alabaga teng durangga erishdik. Superliga darajasidagi jamoaga qarshi maydonga tushdik. Raqibning legionerlari ham nomiga monand tarzda o'yin namoyish etishdi. Men Superligada ham bunday hujumchi ko'rmaganman (Sergey Petrov - tahririyat). Ajabmas, uni tez orada Superligada ko'rib qolarmiz. Mahmudxo'jaev raqib himoyachilariga boshog'riq bo'ldi, uning xet-trikka erishgisi keldi, menimcha. Qaysidir jamoa ikki ochkodan quruq qoldi deyish noo'rin, bizda ham o'yin so'ngida imkoniyatlar yuzaga keldi. Uchrashuv muxlislarga ham manzur keldi deb o'ylayman. 

- Jamoaga legionerlar kelishi mumkinmi?

- Bizning jamoa bejizga farm nomida emas. Bizning maqsadimiz "Navbahor" uchun futbolchilarni shakllantirib, etkazib berish sanaladi. Bizning yigitlar ahil. Hech qaysi jamoa bizga qarshi 11 nafar mahalliy o'yinchisini maydonga tashlay olgani yo'q. O'z oldiga jiddiy maqsadlar qo'ygan jamoalarga qarshi o'ynash oson emas. SHundan kelib chiqib, yigitlarning o'yinidan xursandman. CHempionatga moslashguncha, bazi o'yinlarni boy berdik. Legionerlar borasida ham takliflar bo'ldi. Lekin jamoaning maqsadini yuqorida aytib o'tdim. Bugun asosiy tarkibning ikki nafar futbolchisi tarkibda yo'q edi. Biroq bu bahona bo'la olmaydi. Yaxshi manoda, eng boshog'riq jihatimiz — tarkibga qaysi futbolchini tushirish. 

- "Mashal"ning ikki goli ham o'xshash bo'ldi. Ushbu gollarda Alijonovning xatosi bormidi yoki boshqa sababmi? 

- Baland bo'yli o'yinchilarga qarshi o'ynash qiyin. Raqib futbolchisi sakramasdan, gol urmoqda. Bu vaziyatlarda Alijonov emas, qanot o'yinchilari raqibning uzatma amalga oshirishiga yo'l qo'ymasligi lozim edi. 

- Yoshligingizda sizni "Tiko" taxallusingiz borligini bilardik. Hozirgi avloddan "Tiko"lar etishib chiqmayotganiga sabab nima?

- Hozir ham shunday o'yinchilar bor. Faqat stabil o'yinchilar kam. Ular bir o'yinda yaxshi bo'lsa, ikkinchisida yo'qolib qolmoqda. Bunaqa tempdagi o'yinga tushib olish ham qiyin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика