Rangnik: “Uni Portugaliyaga tez-tez yuborib turish kerakka o'xshaydi”
13 mar 2022 08:10
Yangiliklar
Rangnik: “Uni Portugaliyaga tez-tez yuborib turish kerakka o'xshaydi”
“Manchester Yunayted” ustozi Ralf Rangnik Krishtianu Ronalduning “Tottenxem”ga (3:2) qilgan xet-trigi haqida gapirdi.
“Biz uni Portugaliyaga 3 kunga yuborishda davom etishimiz, keyin esa 2 kun mashg'ulot o'tkazmasligiga ruxsat berishimiz kerakligi haqida hazil qildik.
Payshanba kuni u odatdagidek mashqlarda qatnashdi, shu tufayli uni asosiy tarkibda maydonga tushurdim. Mavsum so'nggiga qadar ham shunday yo'l tutarmiz ehtimol”, deydi Rangnik.
37 yoshli portugaliyalik APLdagi gollari sonini 12 taga etkazib, to'purarlar ro'yxatida 2-o'ringa ko'tarilib oldi. SHuningdek, uning hisobida 3 ta assist bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar