So’nggi yangiliklar

10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  0 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  1 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  3 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  8 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  17 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4

Rangnik birinchi o'yinidan oldingi matbuot anjumanida nimalar dedi? Yangiliklar

Rangnik birinchi o'yinidan oldingi matbuot anjumanida nimalar dedi?

"Manchester Yunayted" bugun o'z maydonida "Kristal Pelas"ga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu o'yindan oldin jamoa bosh murabbiyi Ralf Rangnik matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yodimda, Klopp "Maync" boshqaruvini qo'liga olganida menga qo'ng'iroq qilgandi. O'shanda uning agenti yo'q edi va "Maync"dan qancha pul so'rash kerakligini so'ragandi. O'shanda Ulmda edim va barchasini gapirib bergandim.

Qaysidir manoda o'shanda uning agenti edim. Yurgen mendan ko'p narsalarni so'rardi. O'shanda u menga: "Sendan juda ko'p narsalarni so'rab yubormadimmi?" deb so'ragandi. Men esa unga bu yaxshi holat ekanligini va berayotgan maslahatlarimni ishonch bilan qilaverinishini aytgandim.

Men optimist insonman, shu bilan birga realistman. 5 hafta oldin jamoa "Liverpul"ga 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi. To'g'risini aytaman, hisob bundan-da yirikroq bo'lishi mumkin edi.

"Siti" bilan o'yinda ham hisob 2:0 bo'ldi. Raqib ko'proq urishi mumkin edi. "CHelsi"ga qarshi o'yinda esa ishlab olingan bir ochkoning qadri yuqori bo'ldi. Ular darvozamizga 24 marta zarba berdi, biz esa atigi 3 bora.

Tomasning "CHelsi"ga 4 oyning o'zida juda ko'p narsalarni bera olganini takidlash kerak. Marina Granovskaya hamda Roman Abramovich huddi bashoratchilar kabi billur sharga qarab, barchasini bilib olgandek. Qoyil!

Umid qilamanki, yaqin 3-4 hafta ichida o'zimga uy topaman va unda mening yordamchim ham ko'chib o'tadi. Ser Aleks bilan ko'rishishni istagandim, biroq u payshanba tunida Nyu-Yorkdan uchib keldi va uyida qolishni istadi. U bilan yuzlashishni sabrsizlik bilan kutaman.

ECHLda g'alabaga erishish va APLni to'rtinchi o'rinda yakunlash - men uchun katta yutuq. Ammo bu futbolchilar bilan biz etakchi bo'lishimiz kerak. Umid qilamanki, "Manchester Yunayted"dagi faoliyatim yaxshi bo'ladi va ishlar oldinga tez siljiydi", - dedi Rangnik.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика