Ramos yana safdan chiqdi
30 jan 2022 09:45
Yangiliklar
Ramos yana safdan chiqdi
PSJ Franciya Kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Nicca" qarshi tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Parijliklar himoyachisi Serxio Ramos 28 yanvar kungi mashg'ulotlar vaqtida mushaklarida muammo his etdi va kecha o'tkazilgan mashg'ulotlarda qatnashmadi. Ispaniyalik katta ehtimol bilan kubok uchrashuvini o'tkazib yuboradi. Bo'lajak o'yin 1 fevralga o'tar kechasi 01:15 da start oladi.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli futbolchi joriy mavsum PSJ safida besh o'yinda qatnashib, bitta gol urdi. 21 uchrashuvni esa u turli darajadagi jarohatlar tufayli o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar