Ramos: "Ispaniya terma jamoasi g'alabani Luis Enrike va uning oilasiga bag'ishlaydi"
27 mar 2019 10:20
Yangiliklar
Ramos: "Ispaniya terma jamoasi g'alabani Luis Enrike va uning oilasiga bag'ishlaydi"
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos Malta ustidan qozonilgan g'alabani (2:0) jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikega bag'ishladi.
Mutaxassis oilaviy sabablarga ko'ra Evro-2020 saralash uchrashuvida ishtirok eta olmadi.
"Murabbiy yo'qligiga qaramasdan o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Jamoa mutaxassisdan havotir oldi. Ushbu g'alabani u va uning oilasiga bag'ishlaymiz. Bugun o'z ishimizni bajardik. Bu jamoadagi hamma katta oilaning bir qismi" - deydi Ramos.
Olti ochko to'plagan Ispaniya terma jamoasi F guruhi jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Malta uch ochko bilan to'rtinchi o'ringa tushib ketdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar