Rakitich: "Real" - "Barselona" uchrashuvi hakami meni uch marta haqorat qildi"
30 iyu 2017 13:51
Yangiliklar
Rakitich: "Real" - "Barselona" uchrashuvi hakami meni uch marta haqorat qildi"
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Real"ga qarshi Xalqaro CHempionlar Kubogi turniri doirasidagi bahsdan (3:2) so'ng, o'yin bosh hakami amerikalik Jeyr Marrufo uni uchrashuv davomida uch marotaba haqorat qilganini aytdi.
"Meni yaxshi taniydiganlar, jahlimni chiqarish qiyin ekanligini bilishadi. Ammo hakam buning uddasidan chiqdi. U uch marotaba meni haqorat qildi. Odatda hakamlarni hurmat qilaman, ammo ularning orasida menga yoqmaydiganlari ham bo'ladi. U meni haqorat qilib, o'zini ko'rsatmoqchi bo'ldi" - deydi xorvatiyalik futbolchi.
Uchrashuv davomida Rakitich va Marrufo bir necha marotaba bir-birini turtib yubordi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar