Rakitich "Barselona"ning 2018 yildagi mag'lubiyati haqida: "Roma" bilan bahsda g'alabani shunchaki berib yuborganmiz"
13 apr 2024 11:39
Yangiliklar
Rakitich "Barselona"ning 2018 yildagi mag'lubiyati haqida: "Roma" bilan bahsda g'alabani shunchaki berib yuborganmiz"
Ivan Rakitich "Roma"dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag'lubiyatni "Barselona"ning eng katta omadsizligi deb atadi.
2018 yilning aprelida Rimda uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng Kataloniyaliklar CHempionlar ligasini tark etishgan.
"Eng yomon mag'lubiyat Rimda bo'lgan, chunki shunchaki g'alabani berib yuborganmiz. Raqib harakatlariga yaxshi baho beraman, ammo hammasiga o'zimiz aybdor bo'lganmiz. O'yinga chin dildan kirishmasang, shunday ishlar sodir bo'ladi. Ayb o'zimizda.
Ortga qaytish mumkin bo'lganida, boshqacharoq o'ynagan bo'lardik. O'zgartirishlarni amalga oshirmagan bo'lardim. "Takror" tugmasini bosib bo'lmaydi. Futbol - bu hozir va ayni damda sodir bo'layotganidir" - deydi "Barselona" eks xavbeki.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar