So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Rahimjon Abduqodirov - "Lokomotiv"ga qarshi o'yin haqida: "Superliga jamoalariga qarshi o'ynash katta ishtiyoq beradi" Yangiliklar

Rahimjon Abduqodirov - "Lokomotiv"ga qarshi o'yin haqida: "Superliga jamoalariga qarshi o'ynash katta ishtiyoq beradi"

O'zbekiston Kubogida "Lokomotiv" maydonidagi durangdan so'ng "Zomin" jamoasi posboni Rahimjon Abduqodirov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Betaraf muxlislar uchun zo'r o'yin bo'ldi deya olaman. Maydondagi futbolchilar esa anchagina og'ir bahsni o'tkazishdi. Baribir Superliga jamoasining darajasi, saviyasi bizdan anchagina yuqori. Lekin shunga qaramasdan "Zomin" futbolchilari ham raqibdan kam o'ynamadi. Uchrashuvda "Lokomotiv"ga yaxshi raqib bo'la oldik. Durang o'ynadik. Balki bu adolatli natijadir. Biroq vaziyatlarimizdan foydalanganimizda, balki, g'alabani ilib ketgan bo'larmidik.

- Uchrashuvda jamoa ochiq futbol ko'rsatishdan qo'rqmadi.

- Murabbiylarimiz qo'rqmaslikni, ochiq o'yin ko'rsatishni ko'rsatma berishdi. Superliga jamoalariga qarshi o'ynash Pro-liga va 1-liga jamoalari futbolchilari uchun anchagina ishtiyoq taqdim qiladi. Jamoadoshlarimda ishtiyoq yuqori edi. SHu sababli ular tinmasdan yugurib, mehnat qilishdi.

- Garchi O'zbekiston Kubogida yaxshi ishtirok etayotgan bo'lsa-da, "Zomin"ning chempionatdagi ishlari yaxshi emas.

- Balki natija borasida yaxshi emasdir, biroq o'yin bobida biz raqiblardan kam emasmiz. Yil boshidan beri liganing eng yaxshi jamoalariga qarshi bahs olib bordik. O'sha o'yinlarda g'alabaga erishishimiz mumkin edi, o'sha o'yinlarda ham xuddi bugungi kabi ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Bazida bizga omad etishmadi. Ammo kelasi o'yinlarda muhim ochkolarni yig'ib, yuqori o'rinlarga ko'tarila olamiz.

- Kubokning 3-turida "Zomin" safarda AGMKga qarshi o'ynaydi. Hozircha barchasi jamoaning o'z qo'lida.

- AGMKga qarshi o'yin ham biz uchun qiyin bo'ladi. So'nggi yillarda AGMK anchagina kuchaydi. Biroq biz bu bahsga ham yaxshi tayyorlanib, o'zimiz uchun kerakli natija qayd etmoqchimiz.





Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика