Rafinya "Barselona"dan taklif kutmoqda. "Lids" yarim himoyachisi hali "Arsenal"ga o'tishga rozilik bergani yo'q
26 iyu 2022 22:08
Yangiliklar
Rafinya "Barselona"dan taklif kutmoqda. "Lids" yarim himoyachisi hali "Arsenal"ga o'tishga rozilik bergani yo'q
"Lids" yarim himoyachisi Rafinya Dias "Barselona"ga o'tmoqchi.
25 yoshli yarim himoyachi shu hafta agenti Deku bilan uchrashdi. Ularning ikkisi Kataloniya klubidan taklif kutishmoqda.
"Barsa"ning braziliyalik bo'yicha qarori Usmon Dembelening kelajagi bilan bog'liq bo'lib, u yangi shartnoma shartlari bo'yicha "ko'k-anorranglilar" bilan kelishmagan va iyul oyi boshida erkin agent sifatida boshqa jamoaga ketishi mumkin.
Rafinyaga "Lids"ga taklif bilan chiqqan "Arsenal" ham davogarlik qilmoqda. Biroq futbolchining o'zi hozircha London klubiga o'tishga rozi bo'lmagan.
Agar Dembele ketadigan bo'lsa, "Barselona" Rafinyaning transferi bo'yicha 50 million evrodan ko'p bo'lmagan pul evaziga muzokaralar olib borishga harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar