Rafael Benites: Sevilyaga qarshi ikki xil o'ynadik
09 noy 2015 08:18
Yangiliklar
Rafael Benites: Sevilyaga qarshi ikki xil o'ynadik
O'yin haqida
Biz to'pni yaxshi ushlab tura olmadik. O'yinni nazorat qilayotgandek tasavvur uyg'ondi, aslida esa unday emasdi. O'z xatolarimiz tufayli raqibning o'yinga qaytishiga imkon berdik.
Dastlab yarim soatda ajoyib o'ynadik, Sevilya faqat standartlarni amalga oshirdi. Ikkinchi bo'limni ham yaxshi boshladik, keyin xatolar boshlandi. Dastlab Real ijrosidagi ajoyib o'yinni ko'rdim, so'ngra o'yinni nazorat qila olmayotgan jamoani.
Xames va Ramos haqida
Nima uchun Xames ilk daqiqalardan tushmadi? U hujumda ajoyib o'ynaydi, ammo ozgina chaqqonlik etishmaydi.
Ramosning jarohati mag'lubiyatga sabab bo'ldi demagan bo'lardim, sababi vaqt ko'p edi. Varan yaxshi o'ynadi, ammo bu o'zgarish o'yinimizga tasir qilgani aniq.
Klasiko haqida
Jarohat olganlar safga qaytishi uchun vaqtimiz bor. Bu boshqacha futbol bo'ladi, umid qilamanki jamoa mag'lubiyatga munosib javob bera oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar