So’nggi yangiliklar

16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  0 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  5 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  3 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0 13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  2 13:30Суперлига. 20-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Хоразм" ва "Сурхон"да йўқотишлар мавжуд  4 13:12Дуглас Луис АПЛга қайтмоқда  0 12:43Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум  2 12:32АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди  1 12:04"Замонавий дарвозабон фақат сейв эмас, жамоа ўйини қуриш ва оёқда ўйнашни ҳам билиши керак" - Денис Иванков билан интервью   4 11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   7 11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  6 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  18

Qura AGMKga eski raqiblarni tuhfa etdi Yangiliklar

Qura AGMKga eski raqiblarni tuhfa etdi

AGMK matbuot xizmati O'zbekiston Kubogi va Liga Kubogiga tashlangan qura va musobaqalarga oid olmaliqliklar haqidagi qiziqarli malumotlarni taqdim etdi.

"Bugungi quraga ko'ra, jamoamiz Liga Kubogi chorak final bahsini o'z uyida Bekobodning "Metallurg" klubiga qarshi o'tkazadi. O'yin 14 avgust kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Qayd etish kerakki, AGMK hozirgacha o'tkazilgan oxirgi 3ta uchrashuvdan ikkitasini aynan "Metallurg"ga qarshi o'ynadi. Dastlab Liga Kubogi guruh bosqichida to'qnash kelgan jamoalar, keyinroq chempionat doirasida ham o'zaro uchrashishgandi. Qizig'i, har ikkala bahsda ham 1:1 hisobidagi durang qayd etilgandi.

AGMK Superliganing ikkinchi davrasidagi ilk bahsni 27 iyul kuni aynan "Metallurg"ga qarshi Bekobodda boshlaydi. SHuningdek, Liga Kubogi chorak finaliga tashlangan qura mazkur jamoalarni yana uchrashtirmoqda. Demak, jamoamiz qisqa fursatda "Metallurg" bilan yana ikki bor to'qnash keladi. Bu esa mazkur eski raqiblarning joriy mavsumdagi o'zaro to'rtinchi to'qnashuviga aylanadi. Toshkent viloyati derbisi maqomidagi AGMK - "Metallurg" qarama-qarshiligida hozircha g'olib nomi aniqlanmay kelmoqda. Bo'lajak bahslarda derbi g'olibi sifatida har ikkala musobaqadagi zafarli yurishni davom ettirishga umid bog'laymiz.

SHuningdek, bugun O'zbekiston Kubogi nimchorak finaliga ham qura tashlandi. Bilasiz, AGMK mazkur musobaqaning amaldagi g'olibi sifatida turnirga nimchorak final bosqichidan qo'shilmoqda. Mazkur bosqichdagi raqib esa o'tgan yili chorak finalda to'qnash kelgan eski tanish, Muborakning "Mashal" jamoasi bo'ldi. Qura bu gal ham AGMKga "gazchilar"ni ro'baru qildi. Quraga ko'ra, mazkur bellashuv ham Olmaliqda o'tadi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili chorak finalda to'qnash kelgan "Mashal"ni qo'shimcha taymlardagi kiritilgan gollar evaziga mag'lub etib yarim finalga yo'l olgandik. Bu gal ham yoqimli ananani davom ettirishga va kubok egasi sifatida sovrinni munosib himoya qilishga jamoamiz qattiq bel bog'laydi.

Taqvimga ko'ra, "Mashal"ga qarshi O'zbekiston Kubogi nimchorak final o'yinini 3/4 avgust kuni o'tkazamiz. Aniq sana ertaga PFL tomonidan elon qilinadi.

AGMKning mavsumning ikkinchi qismida o'tkazadigan dastlabki 5 uchrashuvi quyidagicha:


Superliga, 14-tur.

27 iyul.

"Metallurg" - AGMK (20:00)


Superliga, 15-tur.

31 iyul

AGMK - "Andijon"


O'zbekiston Kubogi, nimchorak final.

3/4 avgust

AGMK - "Mashal"


Superliga, 16-tur.

11 avgust

"Navbahor" - AGMK


Liga Kubogi, chorak final.

14 avgust

AGMK - "Metallurg"

Qayd etish kerakki, O'zbekiston Kubogi va Liga Kubogidagi har qanday bosqichdagi to'qnashuvlar bir uchrashuvdan iborat. Mezbon jamoa nomi esa quraga ko'ra aniqlanadi.

AGMK ayni paytda Superliga turnir jadvalida 12 ochko to'plagan holda 10-o'rinda bormoqda va sovrinli o'rinlar, yani kuchli-uchlik orasidagi farq 9 ochkoni tashkil etgan. O'zbekiston Kubogidagi yangi yo'lga jamoamiz musobaqaning amaldagi g'olibi sifatida chiqadi. Tarixda ilk bor o'tkazilayotgan Liga Kubogini esa jamoamiz muvaffaqiyatli boshlagan va guruhda mag'lubiyatsiz seriya qayd etib peshqadamga aylangandi.

#AGMK #OKMK #BizBuBiz", - deyiladi AGMK matbuot xizmati bergan xabarda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика