Qozog'iston. "Ordabasi" chempionlik uchun bir qadam tashladi
01 okt 2023 17:35
Yangiliklar
Qozog'iston. "Ordabasi" chempionlik uchun bir qadam tashladi
CHempionatning 24-turida "Ordabasi" safarda "Jetisu" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. SHu orqali chimkentliklar ikkinchi o'rindagi "Astana" bilan farqni 6taga oshirdi. CHempionat tugashiga 2 tur qolganida nega chempionlik rasmiylashtirilmadi, degan fikr o'tgandir. O'zaro o'yinlarda "Astana"ning ustunligi bor. Ular ikkala bahsda ham bir xil 2:1 hisobida zafar quchishgan. Demak, "Ordabasi"ni navbatdagi ikki o'yindagi bir ochko ham chempion qiladi.
"Jetisu" - "Ordabasi" 1:2
Gollar: Amirseitov (80) - Besedin (56), Erlanov (64).
"Jetisu": Revyakin, Baltabekov, Rafkat, Kadio, Amirseitov, CHuchkich, Brikner (Xasayn, 67), Cincadze, Nurbergen, Amirxanov, Rusevich.
"Ordabasi": SHayzada, Maliy, Erkenbek, Matich, Guyumbaev, Tagibergen, Jaksilikov (Umarov, 67), Makarenko, Auro, Besedin, Abdixoliqov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar