Qozog'iston kubogi. Sergeev dublga erishgan o'yinda "Tobol" mag'lubiyatga uchradi
07 avg 2022 22:13
Yangiliklar
Qozog'iston kubogi. Sergeev dublga erishgan o'yinda "Tobol" mag'lubiyatga uchradi
Kostanay shahrida o'tgan "S" guruhining murosasiz uchrashuvida mehmonlar so'nggi daqiqalarda g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi. Uchrashuvni mezbonlar faol boshladi va dastlabki 20 daqiqa ichida jamoaning o'zbekistonlik hujumchisi Igor Sergeev dublga erishdi. Biroq tarazliklar tezda o'zlarini o'nglab olishdi va birinchi bo'limning o'zida hisobni tenglashtirishdi. Ikkinchi bo'limda ham mehmonlarning ustunligi kuzatildi hamda yakuniy natijada ham o'z aksini topdi — 3:5.
"Taraz" mazkur g'alabadan so'ng pley-off masalasini amalda hal qildi, "Tobol" esa musobaqa bilan muddatidan avval xayrlashadigan bo'ldi.
"Tobol" (Kostanay) – "Taraz" (Taraz) – 3:5 (2:2)
Gollar: Sergeev 9 (1:0), Sergeev 18 (2:0), Jumabek 22 (2:1), SHaxmetov 34 (2:2), Jaksylykov 53 (3:2), Jumabek 62 (3:3), Jumabek 82 (3:4), Jumabek 88 (3:5)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar