So’nggi yangiliklar

09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  0 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  0 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  3 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  12 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  13 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  5 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  15 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4

Qosimov nihoyat Baqoevni engdi, "Surxon"da birinchi g'alaba, "Neftchi"da "qora" kunlar - Superliga 7-turidan 10 ta fakt Yangiliklar

Qosimov nihoyat Baqoevni engdi, "Surxon"da birinchi g'alaba, "Neftchi"da "qora" kunlar - Superliga 7-turidan 10 ta fakt

Superliganing ortda qolgan 7-turiga oid fakt va malumotlarni taqdim qilishda davom etamiz.

1. "Bunyodkor"ning Namangandagi g'alabasiz seriyasi 6 ta o'yinga etdi. Jamoa oxirgi marotaba 2016 yilning birinchi davrasida Namangandan uch ochko bilan qaytgandi.

2. Mirjalol Qosimov AGMK boshqaruvida ilk bor "So'g'diyona"ni mag'lub etishning uddasidan chiqa oldi. Avvalgi 6 ta o'yinning 3 tasida durang, 3 tasida jizzaxliklar g'alaba qozongan. Demak, ushbu nohush ananaga chek qo'yildi. 

3. Doniyor Abdumannopov ketma-ket uch o'yinda gol urdi. Avvalgi 2 ta o'yinda "So'g'diyona" g'alabani tantana qilgan bo'lsa, AGMKga urgan goli muvaffaqiyatli natija uchun etarli bo'lmadi. 

4. "Neftchi"ning Superligadagi g'alabasiz o'yinlari soni 5 taga etdi. Jamoa turnir jadvalining 14-pog'onasida ketmoqda. 

5. "Paxtakor" va "Nasaf" chempionatda mag'lubiyatsiz odimlashda davom etadi. "So'g'diyona" esa joriy mavsumdagi birinchi mag'lubiyatini AGMKdan qabul qilib oldi. 

6. "Surxon" 7-turda "Qo'qon-1912" ustidan g'alaba qozondi. Bu jamoaning Superligadagi ilk g'alabasi hisoblanadi. Anxel Lopes shogirdlari bunga qadar 2 ta durang, 3 ta mag'lubiyat qayd etishgan edi. SHuningdek, jamoaning zaxirasida "Nasaf"ga qarshi bitta o'yin ham bor.

7. Yovan Jokich "Navbahor" libosida debyut golini urdi. 

8. Debyutantlar. Ushbu turda bir qator futbolchilar o'z jamoalarida Superligadagi birinchi o'yinlarida maydonga tushishdi: SHerzod Komilov ("Lokomotiv"), Abbos Ergashboev ("Paxtakor"), Akmal Kozimov ("Dinamo"), Diyor Jaloliddinov ("Qo'qon-1912"), Faxriddin Muhammadov ("Neftchi")

9. Ushbu turda darvozalarga 14 ta to'p kiritildi. Eng sermahsul o'yin AGMK – "So'g'diyona" (5 ta gol). Faqatgina "Nasaf" – "Paxtakor" uchrashuvi nursiz natija (0:0) bilan yakunlandi. 

10. Superligada faqat "Lokomotiv" va "Qo'qon-1912" hamon durang o'ynagani yo'q. 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика