So’nggi yangiliklar

00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  0 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  1 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0

Qoraqalpog'iston futboli oxirgi 15 yilda qanday yutuqlarni qo'lga kiritdi? Yangiliklar

Qoraqalpog'iston futboli oxirgi 15 yilda qanday yutuqlarni qo'lga kiritdi?

Teglar :  Qoraqalpog'iston
Qoraqalpog'iston Respublikasi terma jamoasi oxirgi 15 yil ichida Respublika miqyosida o'tkazilgan bir qator musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritdi.

Quyida bu haqda batafsil malumotga ega bo'lishingiz mumkin.

2002 yil. 9-10 yoshli o'smirlar o'rtasida Namangan shahrida o'tkazilgan “Futbolimiz kelajagi” musobaqasida 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

2002 yil. Namanganda Oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkazilgan “Universiada” sport o'yinlarida 3-o'rinni egalladi.

2003 yil. II liga jamoalari o'rtasida Buxoroda o'tkazilgan O'zbekiston kubogida 1-o'rin qo'lga kiritildi.

2006 yil. Qarshi shahrida o'quvchilar orasida o'tkazilgan “Umid nihollari” sport o'yinlarida 2-o'rin egallandi.

2007 yil. Toshkent shahrida Oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkazilgan Universiada sport o'yinlarida 4-o'rin qo'lga kiritildi.

2008 yil. Nukus shahrida kolledj o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tgan “Barkamol avlod” sport o'yinlarida g'oliblik qo'lga kiritildi.

2010 yil. Andijon shahrida Oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida bo'lib o'tgan “Universiada” sport o'yinlarida 2-o'rin egallandi.

2011 yil. Termiz shahrida Kolledj o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan “Barkamol avlod” sport o'yinlarida 3-o'rin egallandi.

Toshkent shahrida Oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkazilgan “Kamolot kubogi” musobaqasida 2012 yil uchinchi, 2013 va 2014 yillari 4-o'rinni egallashdi.

2014 yili Toshkent shahrida kolledj talabali o'rtasidagi “Kamolot kubogi”da 4-o'rin qo'lga kiritildi.

2014 yili Toshkent shahrida 11-12 yoshli o'smirlar o'rtasida “Futbolimiz kelajagi” festivalida birinchi o'rin qo'lga kiritildi.

2016 yili Oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida Fag'onada o'tkazilgan “Universiada” sport o'yinlarida 4-o'rin egallandi.

2016 yili Navoiy shahrida qizlar o'rtasida o'tkazilgan “Yashil maydon malikalari” musobaqaisda 2-o'rin qo'lga kiritildi.

2017 yili Toshkent shahrida kolledj o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan “Kamolot kubogi”da 3-o'rin egallandi.

2017 yili. Nukusda 13 yoshli o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston birinchiligida ikkinchi o'rin egallandi.

Faktlar
- Qoraqalpog'iston terma jamoasining turli terma jamoalari oxirgi 15 yil ichida 3 ta turnir g'olibi bo'lib, 5 ta musobaqada kumush va yana 4 tasida bronza medalini qo'lga kiritgan. SHuningdek 5 ta musobaqada jamoa 4-o'rinni egallagan.

- OTM talabalari o'rtasida o'tkazilgan “Universiada” sport o'yinlarida 1 kumush, 1 bronza va ikki bora to'rtinchi o'rinni egallashgan.

- “Kamolot kubok”larida 2 martadan 3 va 4-o'rinlar qo'lga kiritildi.

Furqat Yusupov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика