Qo'qondagi “Markaziy” stadion yoritish tizimi yaxshilandi
20 mar 2023 20:20
Yangiliklar
Qo'qondagi “Markaziy” stadion yoritish tizimi yaxshilandi
“Qo'qon-1912” jamoasi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan “Markaziy” stadion yoritish tizimi yangilandi.
Ilgari mazkur stadion yoritish tizimi ko'rsatkichi 200 lyuksga ham etmas edi. Kuni kecha o'yingoh projektorlariga yangi zamonaviy lampalar o'rnatish va sozlash ishlari yakunlandi.
19-mart kuni Liga mutaxassisi yoritish tizimini o'lchash ishlarini o'tkazdi. Endilikda “Markaziy” stadion projektorlari yorug'ligi 1400 lyuksdan oshdi. Ushbu stadion bundan buyon xalqaro rasmiy uchrashuvlarni o'tkazish uchun projektor bo'yicha minimum talabga javob beradi.

championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar