So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

Qo'qonda chempionlar munosib kutib olindi! Yangiliklar

Qo'qonda chempionlar munosib kutib olindi!

O'zbekiston U-23 terma jamoasining Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatidagi g'alabasi ,butun o'zbek halqiga juda katta quvonch olib keldi.

29 yanvar kuni Qo'qon shahrida qahramonlar munosib tarzda kutib olindilar. Terma jamoamizning g'alabasiga Farg'ona viloyatining 8 nafar farzandi o'zining munosib hissalarini qo'shdilar. Qo'qon shahri va atrof tumanlaridan ko'plab muxlislar o'zlari sevgan futbolchilar Akromjon Komilov, Oybek Rustamov hamda Dostonbek Tursunovlarni kutib olishdi.

Kutib olish tadbirlari Farg'ona viloyatining chegarasidan boshlandi. “Qo'qon-1912” futbol klubi vice-prezidenti , bosh direktori Baxtiyorjon Tolipov, futbolchilarning yaqin qarindoshlari hamda “Qo'qon-1912” jamoasining “Sodiq muxlislar klubi” azolari va boshqa ko'plab yurtdoshlarimiz futbolchilarni viloyat chegarasida karnay-surnay sadolari ostida olqishlar bilan kutib oldilar. Dastlab Akromjon Komilovning “Malibu”si ko'rindi. So'ngra birin-ketin Oybek Rustamov va Dostonbek Tursunovlar , prezidentimiz tomonidan sovg'a qilingan “Malibu” avtomobillarida etib keldilar. Ayniqsa futbolchilarning ota-onalari bunday manzarani ko'rib ko'zlarini sevinch yoshlaridan tiyib turolmadilar.

Futbolchilar muxlislar qurshovida Qo'qon shahri tomon yo'lga tushishdi.

Qo'qon shahar hokimiyatiga qarashli majlislar zalida Osiyo chempionlarining muxlislar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda “Qo'qon-1912” futbol klubi bosh direktori B Tolipov so'z olib futbolchilarni “Qo'qon-1912” futbol klubi va barcha Qo'qonliklar nomidan qizg'in tabrikladilar.

“Sizlar millionlab futbolsevar O'zbekistonliklar yuragidan o'rin oldingiz. Siz ko'rsatgan jasorat o'zbek halqining hech kimdan kam emasligidan , o'zbek yigitlari ko'p narsalarga qodir ekanligidan dalolat bo'ldi. Sizlar o'zbek futbolining haqiqiy qahramonlari bo'ldingiz. Biz ishonamiz kelajakda sizlar bilan jahon chempionatlarida albatta ishtirok etamiz” –dedi B Tolipov.

Uchrashuvga yig'ilgan muxlislar ham futbolchilarga o'zlarining cheksiz minnatdorchiliklarini izhor qildilar. O'z navbatida Akromjon Komilov hamda Oybek Rustamovlar ham kamtarona xizmatlarini muhtaram yurtboshimiz tomonidan yuksak etirof etilganidan judayam xursand ekanliklarini yashirmadilar. Bunday yuksak etirofga munosib farzand bo'lish uchun kelajakda ham tinmay mehnat qilishga , vatanimiz bayrog'ini jahon chempionatlarida ham xilpirashi yo'lida bor kuch g'ayratlarini ishga solishga vada berdilar. Uchrashuv judayam ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.

SHundan so'ng futbolchilar muxlislar qurshovida o'z uylari tomon yo'lga tushdilar. Qo'qon shahridagi Komilovlar xonadonida Akromjonning kelishi haqiqiy bayramga aylanib ketdi.

“Qo'qon-1912” azosi Oybek Rustamov yashaydigan Uchko'prik tumanidagi Olmurod qishlog'ida esa haqiqiy to'y bo'ldi desak yanglishmaymiz.

Kutib olish tadbirlaridan olingan suratlarni ko'rib o'zingiz bunga guvoh bo'ling.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика