So’nggi yangiliklar

08:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари неча баҳо олди?  4 07:47Ёшларимиз бугун Аргентинага қарши баҳс олиб боради  1 07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  6 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  29 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  24 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  16 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  19 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  80 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28

"Qo'qon-1912"ning yubiley gollarini kimlar urganini bilasizmi? Yangiliklar

"Qo'qon-1912"ning yubiley gollarini kimlar urganini bilasizmi?

Teglar :  Qo'qon-1912
Oliy liganing 27-turida “Qo'qon-1912” jamoasi safarda “Buxoro” mehmoni bo'ldi. Uchrashuvning 87-daqiqasida tarixiy voqea ro'y berdi.

“Qo'qon-1912” jamoasini maydonga sardor sifatida boshlab tushgan Murod Holmuhammedov buxoroliklar darvozasiga penaltidan gol kiritdi. Bu gol “Qo'qon-1912” jamoasining O'zbekiston chempionatlaridagi 500-goli edi. “Buxoro” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi jamoamizning oliy ligadagi 368-uchrashuvi sifatida tarixga kirdi.

Bundan oldingi yubiley gollar qachon va kim tomonidan kiritilganligiga etiboringizni qaratmoqchimiz.

“Qo'qon-1912” jamoasining tarixiy 100-goli 1994 yilda kiritilgan. Bu hodisa 1994 yilgi chempionatning 10-turida ro'y bergan. O'shanda qo'qonliklar o'z maydonlarida “Paxtakor” jamoasini qabul qilishgan. “Paxtakor” ga qarshi uchrashuvning 10-daqiqasida Muxtor Qurbonov raqiblar darvozasiga gol kiritib, “Qo'qon-1912” jamoasining 100-goliga mualliflik qildi. O'sha o'yinda jamoamiz 3:1 hisobida g'alaba qozongan. Toshkentliklarning yagona goliga Nikolay SHirshov mualliflik qilgan edi. SHu yili jamoa oliy ligadagi 100-ochkosini ham qo'lga kiritganligini etirof etish joiz. Bundan tashqari, 1994 yilda jamoamiz tarixdagi eng yaxshi natijani ham qayd etishgan. O'sha mavsumda vakillarimiz chempionatni 5-o'rinda yakunlashgandi.

1998 yili esa futbolchilarimiz tomonidan ikki yuzinchi davon zabt etilgan. 1998 yilgi mavsumnig 21-turda “Kosonsoy” darvozasiga kiritilgan gol qo'qonliklarning Oliy ligadagi 200-goli sifatida tarixdan o'rin olgan. 2:1 hisobida vakillarimizning g'alabasi bilan yakun topgan uchrashuvning 89-daqiqasida Zohid Nurmatov jamoaning o'yindagi 2-goliga mualliflik qilgan va qo'qonliklarning 200-goli muallifi sifatida tarixda qolgan.

Yana bir yubiley gol 2000 yilgi chempionatimizda kirtilgan. 23-turda “Kimyogar” darvozasiga 300-gol urilgan. Mazkur bahsda 4:2 hisobida Qo'qon jamoasi g'olib chiqqan. Uchrashuvning 27-daqiqasida Muhiddin Abduvaliev o'yindagi ikkinchi va jamoa tarixidagi 300-golga mualliflik qilgan edi.

Jamoaning tarixiy 400-goli ham Toshkentning “Paxtakor” jamoasi darvozasiga kiritilgan. 2003 yilgi chempionatning 30-turida “Paxtakor” ga qarshi o'yinning 57-daqiqasida Adham Jonaliev o'yinda uchinchi gol, jamoa tarixidagi 400-golni kiritgan. O'sha uchrashuvi 3:2 hisobida qo'qonliklarning g'alabasi bilan yakun topgan edi. Hozirgi “Qo'qon-1912” jamoasining bosh murabbiyi No'mon Hasanov o'sha uchrashuvda o'ynovchi murabbiy sifatida maydonda jamoani boshqargan.

Qo'qon-1912 jamoasi tomonidan qayd etilgan 500 goldan 3 tasi 1995 yilda “Nurafshon” bilan o'yindagi texnik g'alaba mahsuli. SHuningdek, 7 futbolchi o'z darvozasini ishg'ol etgan. Qolgan 490 gol qo'qonliklar safida maydonga tushgan 78 futbolchi tomonidan amalga oshirilgan. Eng ko'p gol Muhiddin Abduvalievga tegishli – 40 ta. Keyingi o'rinda Soli Qurbonov 34 ta, Rustam Abdullaev 32 ta, Oydinbek Aliev 30 ta, Zohid Nurmatov 29 ta. Gollardan naqd 44 tasi penaltidan raqib darvozasiga kiritilgan.
Murod Holmuxammedovdan oldingi barcha yubiley gollarni qo'qonlik futbolchilar kiritganligini ham alohida etirof etish joiz.

Umid qilamizki, “Qo'qon-1912” jamoasini oldinda yanada shonli kunlar kutmoqda. Jamoa rahbariyati olib borayotgan izlanishlar va intilishlar natijasi hali o'z mevasini beradi. Qo'qondan hali ko'plab iqtidorlar etishib chiqadi.

(Izoh:1992 yildan 2002 yilgacha jamoa “Temiryo'lchi” deb nomlangan)

Akramjon Mamadaliev tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика