So’nggi yangiliklar

19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" (матнли трансляция)  8 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  4 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0 13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  3

“Qo'qon-1912”: Yoshlarimiz mavsumni g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

“Qo'qon-1912”: Yoshlarimiz mavsumni g'alaba bilan boshladi

Muhsin Nizomiddinov boshqaruvidagi “Qo'qon-1912” yoshlar jamoasi bugun o'zining joriy mavsumdagi ilk rasmiy o'yinini o'tkazdi.
Samarqandda “Dinamo” yoshlar jamoasi mehmoni bo'lgan yoshlarimiz safarda o'ynashiga qaramay, g'alaba sari dadil xarakat qildi.

Darvoqe, bahsni “Qo'qon-1912” bosh murabbiyi Rustam Abdullaev bevosita stadionda kuzatib bordi.
Aytish lozimki, har ikki jamoa tarkibida ham asosan yoshlar o'ynadi. Uchrashuvning birinchi bo'limida har ikki jamoa ham gol urish navbatma-navbat oldinga o'tgan bo'lsada, baribir hisob ochilmadi.

Tanaffus vaqtida murabbiylardan kerakli ko'rsatmalarni olgan har ikki klub futbolchilari maydonga chiqib, hisobni ochish payida bo'ldi. 50-daqiqa o'tib borayotganida uchrashuvda ilk gol kiritildi. O'ng qanotda tezkor futbolchi Muhammadanas Hasanov mezbonlar jarima maydoni ichiga yorib kirib, to'pni jamoadoshiga oshirdi. Bu vaziyatda raqib himoyachisi to'pni o'z darvozasiga kiritib yubordi – 0:1.

SHundan keyin mezbonlarni hisobni tenglashtirishga etibor qaratdi. Ammo yoshlarimiz himoyada bexato o'ynaydi va raqibga imkoniyat bermadi.

Uchrashuv yakunlanib borayotganida futbolchilarimiz ikkinchi golni ham nishonlashi hech gap emasdi. 85-daqiqada Avazxon Mamatxo'jaev markazda raqibidan to'pni olib qo'yib, oldinga intildi. Ammo u darvozaga o'zi zarba yo'llashdan ko'ra, to'pni oldida turgan sherigiga uzatishni lozim topdi. Ammo hujumchi Azamat Tursunov darvozabonni alday olmadi.

Bahsda boshqa gol kuzatilmadi va shu tariqa yoshlarimiz mavsumni g'alaba bilan boshladi. Keyingi turda “Qo'qon-1912” yoshlar jamoasi o'z maydonida “Paxtakor” yoshlar jamoasini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv 21 mart kuni bo'lib o'tadi.

13.03.2015
Yoshlar ligasi
"Dinamo" - "Qo'qon-1912" 0:1 (0:0).
Hakamlar:
Naim Qosimov (Qarshi), SHerzod Qamarov (Samarqand), Sardor Hakimov (Samarqand), Jasur Qudratov (Samarqand).
Nazoratchi: Rashid Aytekov.
Gol: Lazizjon Nuritdinov, 50 (avtogol)

"Dinamo":
25.Muhiddin Xudoyorov, 3.Saddam Boymamatov (C), 4.Bunyod Isroilov, 15.Lazizjon Nuriddinov, 17.Jasur Azimov, 22.Jasur Qurbonov, 33.Islom Hamidov, 39.Muhammad Rajabov, 42.Mirkomil Loqaev, 55.Akbar Siddiqov, 70. Ramish Bobomirzaev.
Zaxira: 1.Rustam Toshturdiev, 8.Amirjon Safarov, 12.SHahboz Goipov, 21.Jonibek Ko'chimov, 28.Damirjon Tillaev, 34. Hakimxon Alamxomov, 95.Firdavs Abdusalimov.

“Qo'qon-1912”: 35.Muhriddin Ahmedov, 4.Oybek Rustamov, 6.Ravshan Haydarov, 7.Azamat Tursunov, 8.Nodirbek Qo'ziboev, 9.Lazizjon Nazirov (C), 10.Iqboljon Malikjonov, 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 15.Maruf Zokirjonov, 17.Ismoiljon Oxunjonov, 22.Muhammadanas Hasanov.
Zaxira: 16.Islom Abdullaev, 11.Abduqahhor O'ktamov, 21.Dostonbek Meliqo'ziev, 25.Azamjon Samijonov, 26.Baxtiyorjon Abdubannonov, 77.Dadaxon Sulaymonov.

“Qo'qon-1912” matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика