So’nggi yangiliklar

19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  1 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  3 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  0 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  10 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  9 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  7 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0

"Qo'qon-1912" yangi mavsum oldidan Turkiyada yig'in o'tkazadi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" yangi mavsum oldidan Turkiyada yig'in o'tkazadi

Kelasi yil yana oliy ligada ishtirokini davom ettiradigan qo'qonliklar yangi mavsumga har tomonlama puxta hozirlik ko'rishni maqsad qilgan.
Bosh murabbiy Rustam Abdullaev yangi mavsumga tayyorgarlik rejasini tuzib chiqdi. Unga ko'ra jamoa to'rt bosqichdan iborat yig'inni o'taydi.

Yani futbolchilar uzoq davom etgan tatildan 20 dekabr kuni qaytadi. Qo'qonda o'tadigan ilk bosqich yig'inida o'yinchilarning tiklanish jarayoniga etibor qaratiladi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan futbolchilarga 29 dekabr kuni qisqa muddatdi dam beriladi.

4 yanvardan esa yig'inning ikkinchi bosqichi start oladi. Rejaga ko'ra jamoa 25 yanvarga qadar o'z qarorgohida shug'ullanadi. SHundan so'ng yana futbolchilarga biroz dam berib, 27 yanvardan yig'in Toshkentga ko'chadi. Poytaxtda 11 fevralga qadar mashg'ulot o'tkazish ko'zda tutilgan.

Darvoqe, qo'qonliklar yangi mavsum oldidan tayyorgarlik jarayonida xorijga chiqishni ham rejalashtirgan. Unga ko'ra fevralning 15 sanasidan to 24 sanasiga qadar Turkiyada yig'in o'tkaziladi.

Xorijdan qaytib kelgingach, futbolchilarga yana dam berib, 27 fevraldan Qo'qonda chempionat startiga qadar shug'ullanish rejadan o'rin olgan.

Tabiiyki ushbu yig'inlar davomida "Qo'qon-1912" sinov-nazorat uchrashuvlarida ham maydonga tushadi. Bosh murabbiy futbolchilarni aynan uchrashuvlar orqali ham ko'rikdan o'tkazishni maqsad qilgan. Lekin hozircha sparring jamoalarning nomi malum emas. Bu haqda keyinroq yana xabar beramiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика