"Qo'qon-1912" va "Qizilqum" o'rtasidagi o'tish o'yini sanasi tushunarsiz sabab bilan o'zgartirildi
24 noy 2023 16:27
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" va "Qizilqum" o'rtasidagi o'tish o'yini sanasi tushunarsiz sabab bilan o'zgartirildi
Superliga va Pro liga reglamentidan kelib chiqib, Pro ligada 3-o'rinni egallagan va Pro liga o'tish o'yinlarida g'olib chiqqan "Qo'qon-1912" klubi 2024 yilgi mavsum Superliga yo'llanmasi uchun Superligani 12-o'rinda yakunlashi aniq bo'lgan "Qizilqum"ga qarshi o'tish o'yinida ishtirok etadi.
Superligaga o'tish o'yini avvalroq 6 dekabr sanasiga tayin qilingan bo'lib, bunda Superliga klublarining 1 dekabr kuni 26-tur doirasida maydonga tushishi inobatga olingan edi. Biroq 25-turdan keyin "Qizilqum" futbol klubining o'tish o'yinida ishtirok etishi aniq bo'ldi. Qo'shimchasiga, Superliga 26-turida "Qizilqum"ga qarshi kurash olib borishi kerak bo'lgan "Turon" klubi musobaqada o'z o'rnini saqlab qolish imkoniyatini yo'qotdi. SHundan kelib chiqib, har ikki jamoa bilan kelishgan holda Liga o'tish o'yini sanasini 5 dekabrga o'zgartirishga qaror qildi.
Reglament asosida "Qo'qon-1912" futbol klubi rasmiy uchrashuv mezboni sifatida maydonga tushadi.
O'TISH O'YINI
5 dekabr, seshanba
14:00 QO'QON-1912 — QIZILQUM
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar