So’nggi yangiliklar

08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  0 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  2 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  6 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  11 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  5 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1

"Qo'qon-1912" stadioni yoritqichlari yangilanadi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" stadioni yoritqichlari yangilanadi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"O'tgan mavsumni ko'ngildagidek o'tkaza olmaganimizning sabablaridan biri sifatida "Qo'qon-1912" jamoasining o'z uy o'yinlarini Qo'qondagi "Markaziy" stadionida o'tkaza olmaganligi deb yozgan edik.

Albatta, Yaypandagi "O'zbekiston" stadioni xodimlari jamoamiz azolari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishgan bo'lsa-da (buning uchun ularga chuqur minnatdorligimizni bildiramiz) baribir o'z maydoningdagi o'tkazgan o'yin boshqacha bo'ladi. Aytishadi-ku o'z uyingda devorlar ham yordam beradi, deb. Agar jamoamiz o'z o'yinlarini Qo'qonda o'tkazganida, har bir o'yinda muxlislarimizning ko'proq daldasi va qo'llab-quvvatlashlariga ega bo'lardik.



Qo'qondagi "Markaziy" stadioniga O'zPFL tomonidan yoritqichlar talabga javob bermaganligi sababli taqiq qo'yilgan edi. Jamoamiz o'tgan yil boshida Polsha davlatining "Philips" kompaniyasi yoritqichlarini o'rnatish bo'yicha diler kompaniya bilan shartnoma imzolagan va buning uchun malum miqdorda pul ham to'langan hamda yoritqichlarning bir qismi Qo'qonga etib kelgan ham edi. Biroq keyinchalik yuzaga kelgan moliyaviy muammolar sababli kelishilgan summaning qolgan qismini to'lay olmadik va yoritqichlarning qolgan qismlari ham bizga etib kelmadi.

Jamoamiz rahbariyati kelgusi mavsumga stadionni barcha talablarga javob bera oladigan holatga keltirish uchun allaqachon amaliy ishlarni boshlab yuborishgan. Birinchi navbatda, stadion yoritqichlari masalasi bilan shug'ullangan rahbarlarimiz avvalgi kompaniya bilan shartnomani bekor qildi hamda Litva davlatining ZAO "Tranzito paslaugu centras" kompaniyasi bilan yangitdan kelishuvga erishdilar. Bu kompaniya ham "Philips"ning rasmiy dileri hisoblanadi. Olib borilgan muzokaralar natijasida Qo'qonga etib kelgan "Philips" yoritqichlariga yana qo'shimcha eng so'nggi rusumdagi yoritqichlar va butlovchi qismlar keltiriladi va "Markaziy" o'yingohi PFL talab qilgan yorug'lik lyuksiga ega bo'ladi. Kecha yuqoridagi kompaniya hisob raqamiga kelishilgan miqdordagi pul mablag'lari to'lig'icha o'tkazib berildi. Endi Litva kompaniyasi dekabr oyi ichida, uzog'i bilan yanvar oyida yoritqichlarni Qo'qonga etkazib berish masalasini hal qiladi hamda yangi yilning yanvar oyida "Markaziy" stadionida yoritqichlarni o'rnatish ishlari olib boriladi. 

Qolaversa, stadionimiz chimini yangi mavsumgacha futbol o'ynash uchun ideal holatga keltirish, maydon chimiga mutaxassislar bilan maslahat qilgan holda ishlov berish bo'yicha ham ishlar shu kunlarda boshlanadi. Xullas, kelgusi mavsumni muxlislarimiz qarshisida va barcha talablarga javob beradigan chiroyli stadionda o'tkazamiz", – deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, "Qo'qon-1912" o'tgan mavsumni 13-o'rinda tugatdi va endi keyingi mavsumni Pro ligada o'tkazadi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика