So’nggi yangiliklar

18:41Суперлига. "Бухоро" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  10 18:41"Реал" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  0 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  10 18:30Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" (матнли транлсяция)  7 18:05Суперлига. "Хоразм" — "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  5 17:42"Хоффенхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  1 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  13 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  47 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  38 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  13 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  4 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0

“Qo'qon-1912” shifokori: “Norbekov hamda Berdievlarning ahvoli biz o'ylagandan ancha yaxshiroq” Yangiliklar

“Qo'qon-1912” shifokori: “Norbekov hamda Berdievlarning ahvoli biz o'ylagandan ancha yaxshiroq”

Soca Cola superligasining 21-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – AGMK uchrashuvida Qo'qonliklarning ikki nafar futbolchisi jiddiy jarohat olgan edi.

Suhrob Berdiev hamda SHohnazar Norbekovlarning salomatligi borasida xavotir olib ko'plab muxlislar hamda OAV xodimlaridan murojaatlar bo'lmoqda. Biz “Qo'qon-1912” jamoasi shifokori Boburxo'ja Abdazovdan futbolchilarning ahvoli qandayligi haqida so'radik.

-AGMK bilan bo'lib o'tgan o'yin biz uchun esdan chiqmaydigan o'yin bo'ldi desam bo'ladi. Sababi ikki nafar futbolchimiz o'yin davomida jiddiy jarohat olib , tez yordam mashinalari xizmatidan ikki marta foydalanishimizga to'g'ri keldi. Norbekov bir sutka davomida Qo'qon shahridagi tez tibbiy yordam markazida shifokorlar nazoratida bo'lib turdi. Kecha Toshkent shahridagi "Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi"da  SHohnazar Norbekov hamda Suhrob Berdievlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazdik. Tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra Norbekovga “peshona suyagi tashqi plastinkasining sinish” tashhisi qo'yildi. Mutaxassis shifokorlar bu vaziyatda bemorning xoxishiga qarab plastik jarrohligi amaliyotini  qo'llasa bo'ladi. Agar o'zi istamas operaciyasiz ham davolash mumkinligini takidlashdi. Norbekov jarrohlik amaliyotidan voz kechdi.SHohnazar barcha dori darmonlar bilan taminlanib,  uy sharoitida davolash muolajalarini  o'tkazadigan bo'ldi. Bizni xursand qilgani SHohnazarning peshona suyagi ichki plastinkasiga  zarar etmagan.

Suhrob Berdievga esa “o'ng oyoq kichik boldir pastki 1/3 qismi hamda ichki to'piq suyagining sinishi” tashhisi qo'yildi. Berdievga Qo'qon shahar tez tibbiy yordam  markazida  dastlabki tekshiruvlar o'tkazilinib, o'sha joynnig o'zida oyog'iga gips bog'lamlari qo'yilgan edi. Futbolchi respublika shoshilinch tibbiyot yordam  markazida qayta ko'rikdan o'tkazilgandan so'ng, bu erdagi  hamkablarimiz bilan maslahatlashgan holda biroz shoshilmaslikka qaror qildik. Berdiev bir xafta davomida shifokorlar nazoratida bo'lib turadi. Agar singan suyaklar gips yordamida bitishni boshlasa jarrohlik amaliyoti qo'llanilmaydi. Aks holda esa futbolchi jarrohlik stoliga yotishiga to'ri keladi. 

Har ikki futbolchilar  kamida 30-45 kun oralig'ida davolanishiga to'g'ri keladi.

SHu o'rinda futbol uchrashuvi kuni bizga o'zlarining amaliy yordamlarini bergan AGMK shifokori Islom aka Abaevga hamda Qo'qon shahar tibbiyot birlashmasi shifokorlariga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'taman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика