So’nggi yangiliklar

14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  1 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  3 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  2 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   0 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   6 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   11 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  2 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  2 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  2 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0

“Qo'qon-1912”: Qarshidagi yirik g'alaba yoshlarimizni peshqadamga aylantirdi Yangiliklar

“Qo'qon-1912”: Qarshidagi yirik g'alaba yoshlarimizni peshqadamga aylantirdi

Kecha yoshlar ligasining 3-tur o'yinlari start oldi.

Muhsin Nizomiddinov boshqaruvidagi “Qo'qon-1912” yoshlar jamoasi chempionatdagi ikkinchi rasmiy o'yinini ham safarda o'tkazdi. 

SHunga qaramay yosh qo'qonliklar nomdor raqib qarshisida o'zini yo'qotib qo'ymadi. Aksincha uchrashuvning ilk daqiqalardan hujumga astoydil etibor qaratib, g'alaba sari dadil xarakat qildi. 

Uchrashuvning 23-daqiqasiga kelib bu o'z samarasini berdi. O'ng qanotda mezbonlar o'yn qoidasini buzdi. Jarima to'pini chapaqay futbolchi Maruf Zokirjonov ustalik bilan bajardi. “Nasaf” posboni ushbu vaziyatda to'pni qaytarishga ojizlik qildi – 0:1. 

Goldan ruhlangan “Qo'qon-1912” yoshlari yana birin-ketin hujum tashkil eta boshladi. 32-daqiqada Muhammadanas Hasanov ham yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, tabloni 0:2 ko'rinishga keltirdi. 

Birinchi bo'limda bu hammasi emas edi. Aniqrog'i 37-daqiqada futbolchilarimiz hisobni yanada yiriklashtirib, g'alabani rasmiylashtirdi. Endi katta saxnaga Avazxon Mamatxo'jaev chiqdi. Iqtidorli futbolchi o'zining aniq zarbasi bilan jamoasining uchinchi golini kiritishga erishdi - 0:3. SHu tariqa jamoalar tanaffusga yo'l oldi. 

Ikkinchi bo'limni esa qo'qonliklar hotirjamlik bilan o'tkazib, ko'proq o'yin sifatiga etibor qaratdi. Ochig'ini aytganda, shu kuni yoshlar jamoamiz bundan-da yirik hisobda g'alaba qozonishi mumkin edi. Ammo futbolchilarimizga ko'p vaziyatlarda sovuqqonlik etishmadi. 

Ha, aytgancha Zafar Xolmurodov boshqaruvidagi “Nasaf” yoshlar jamoasi ham mag'lubiyatdan qutilib qolish uchun astoydil ter to'kdi. Ayniqsa markaziy yarim himoyachi, jamoa sardori Akbar Murodov ko'pincha hujumlarni tashkil etib turdi. Darvoqe, mazkur futbolchi uchrashuvning 77-daqiqasida hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani olib maydonnni tark etdi. Tabiiyki bu ham mezbonlarga o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi.

Ammo o'yinda boshqa gol kuzatilmadi va shu tariqa “Qo'qon-1912” yoshlar jamoasi chempionatdagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritib, turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. 

Eslatib o'tamiz, endi yoshlarimiz taqvimga ko'ra 10 aprel kuni o'z maydonida “Andijon”ni qabul qiladi.    

Yoshlar ligasi, 3-tur. 

01.04.2015.

Nasaf – Qo'qon-1912 – 0:3 (0:3). 

Qarshi. “Nasaf” FM stadioni. 84 tomoshabin.

Hakamlar: R. Lutfulin (Toshkent) – 8,3, A. Kalinin – 8,4, Z. Eliboev – 8,2, R. Abduvohidov – 8.

Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

Gollar: Maruf Zokirjonov (23), Muhammadanas Hasanov (32), Avazxon Mamatxo'jaev (37).

“Nasaf”: 1. Alibek Turobov, 4. Samandar Ochilov (22. Sardor Sadullaev, 72), 7. Sirojiddin Qo'ziev (14. Bobir Abduxoliqov, 46), 9. Dilshod Xushbakov, 16. Islom Kenjaboev, 23. Doston Berdiqulov (33. Botirjon To'raev, 46), 27. Akbar Murodov (S), 29. Jahongir Qurbonboev (10. Islom Rashidxonov, 46),  34. SHarof Muhiddinov, 35. Rahimbek Javliev (28. SHahriyor Imomxo'jaev, 77), 38. Doniyor Narzullaev (19. Dadajon Mamatqulov, 78).

“Qo'qon-1912”: 1. Ruslan Matniyozov, 3. SHoxruh Xolmatov (S), 4. Oybek Rustamov (9. Lazizjon Nazirov, 66), 5. Vladimir Argun (77. Dadaxon Sulaymonov, 75), 6. Ravshanjon Haydarov, 7. Azamatjon Tursunov (21. Dostonbek Meliqo'ziev, 59), 10. Iqboljon Malikjonov, 14. Avazxon Mamatxo'jaev (11. Abduqahhor O'ktamov, 85), 15. Maruf Zokirjonov, 17. Ismoiljon Oxunjonov, 22. Muhammadanas Hasanov (8. Baxtiyorjon Abdubannonov, 89).  

Ogohlantirishlar: Akbar Murodov (16), SHarof Muhiddinov (80) – Avazxon Mamatxo'jaev (56), Muhammadanas Hasanov (47).

CHetlatish: Akbar Murodov (ikkinchi sariq, 77).


“Qo'qon-1912” matbuot xizmati.


# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 Qo'qon-1912 2 2 0 0 4 - 0 4 6
2 Bunyodkor 2 2 0 0 5 - 1 4 6
3 SHo'rtan 2 2 0 0 4 - 2 2 6
4 Mashal 2 1 1 0 1 - 0 1 4
5 Navbahor 2 1 1 0 1 - 0 1 4
6 Lokomotiv 2 1 1 0 3 - 2 1 4
7 Paxtakor 1 1 0 0 2 - 1 1 3
8 Dinamo 2 1 0 1 3 - 2 1 3
9 Andijon 2 1 0 1 3 - 3 0 3
10 Qizilqum 2 1 0 1 1 - 2 -1 3
11 Metallurg 2 0 1 1 1 - 2 -1 1
12 Olmaliq 2 0 1 1 2 - 3 -1 1
13 Nasaf 3 0 1 2 3 - 7 -4 1
14 So'g'diyona 2 0 0 2 0 - 2 -2 0
15 Neftchi 2 0 0 2 3 - 5 -2 0
16 Buxoro 2 0 0 2 2 - 6 -4 0

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика