"Qo'qon-1912" - "Paxtakor" o'yinidagi hakamlik yuzasidan bayonot berildi
19 may 2022 17:58
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" - "Paxtakor" o'yinidagi hakamlik yuzasidan bayonot berildi
Xususan, uchrashuvning 1-daqiqasida mezbonlar hujumchisi raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Bosh hakam bu vaziyatda 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Mutaxassislar fikriga ko'ra, himoyachi tomonidan penalti beriladigan darajada qo'pollik ishlatilmagan va hujumchi yiqilishni ko'proq xohlagan. Mutaxassislar xulosasiga ko'ra, penalti noto'g'ri belgilangan.
SHuningdek, o'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda “Qo'qon-1912” vakili toshkentliklar jarima maydonchasi ichida himoyachi tomonidan yiqitildi. Bosh hakam bu safar ham penalti belgiladi. Ushbu vaziyatda “Paxtakor” himoyachisi o'ng oyoq tizza qismi bilan raqibining chap oyoq son qismiga kontakt hosil qilgan. Natijada hujumchi muvozanatni yo'qotdi. Mutaxassislar fikriga ko'ra, hakam qarori to'g'ri bo'ldi.
O'zFHM shuni malum qiladiki, uchrashuvdagi birinchi penalti mutaxassislar fikriga ko'ra noto'g'ri belgilangani sababli bosh hakamga nisbatan past baho belgilanadi va o'yin uchun gonoraridan tegishli tartibda ushlab qolinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar